iOS 16 tizimida Telegram'dagi matnlar formatini qanday o‘zgartirish mumkin?

iOS 16 tizimida Telegram'dagi matnlar formatini qanday o‘zgartirish mumkin?

Apple bir necha kun oldin muhlislar uzoq kutgan iOS 16 operatsion tizimini o‘z smartfonlariga jo‘natishni boshladi. Yangi tizimga darhol o‘tganlar ikkita muammoga uchradilar: birinchisi tizimdagi nosozlik va nuqsonlar bo‘lsa, ikkinchisi yangi dasturda Telegram'dagi matnlar formatini o‘zgartirish yo‘qolib qolishi bo‘ldi. 

Gap xabar matnini qalin, kursiv, chizilgan, monobo‘shliq qilish, unga giperhavola qo‘shish yoki spoylerga aylantirish (matnni faqat bosish orqali ko‘rinadigan qilib yashirish) haqida ketmoqda.

Bundan ko‘rinib turibdiki, Telegram dasturchilari ilovani yangi dasturga moslashtirishga ulgurmagan, biroq buning muammoli tomoni yo‘q – buning uchun Markdown nomli belgidan foydalanish mumkin.

iOS 16 tizimida matn formatlarini quydagicha o‘zgartirish mumkin:

 Qalin format: **misol**

 Kursiv format: __misol__

 Chiziq tortilgan format: ~~misol~~

 Proporsional bo‘lmagan format: 'misol'

 Yashirin (spoyler) format: || misol ||

Afsuski, Telegram'ning Markdown matn belgisi giperhavolalarni qo‘shishni qo‘llab-quvvatlamaydi – buni faqat Mac'da cmd U yordamida amalga oshirish mumkin.

O‘QING: Apple yangi iPhone 14 modellarida muammolar bo‘layotganini tan oldi