iOS 16.0.2 versiyasi chiqarildi

iOS 16.0.2 versiyasi chiqarildi

Apple kompaniyasi o'zining iOS 16 yangilanishidagi bir qancha xatoliklarni to'g'rilaydigan iOS 16.0.2 versiyasini chiqardi. Yangilanish tavsifida yozilishicha, ushbu yangilanish iPhone 14 va iPhone 14 Pro smartfonlarida uchinchi tomon ilovalaridan foydalanganda kamera tebranishi va matnlarni ko'chirib olib & qo'yganda har doim ruxsat so'rash, shu bilan birga, quyidagi xatoliklarni ham to'g'rilaydi:

Ushbu yangilanish iPhone'ingiz uchun xatoliklarni tuzatish va muhim xavfsizlik yangilanishlarini taqdim qiladi, jumladan:

iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max'da ba'zi uchinchi tomon ilovalari bilan suratga olishda kamera tebranishi va xira suratlarga paydo bo'lishi

Qurilmani sozlash vaqtida displey butunlay qora ko'rinishi

Ilovalar o'rtasida nusxa ko'chirish va joylashtirish ruxsat so'rovining kutilganidan ko'proq paydo bo'lishi

Qayta ishga tushirilgandan so'ng VoiceOver mavjud bo'lmasligi

Ba'zi iPhone X, iPhone XR va iPhone 11 displeylarida servis ko'rsatilgandan so'ng sensor javob bermasligi muammosini hal qiladi.

Ma'lum bo'lishicha, iOS 16.0.2 yangilanishi iPhone 8'dan boshlab to iPhone 14 seriyasidagi smartfonlar uchun chiqarilgan.

O'QING: AirPods'ingiz qalbakimi? iOS 16 sizni ogohlantiradi! 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.