iOS dasturchilari kimlar?

  •   Saroy
  •  2839
  •  15.05.2018 17:25

iOS dasturchilari kimlar?

iOS — soni bo‘yicha ilovalar dukonidagi ikkinchi mobil operatsion tizimi sanaladi. Apple ma’lumotlariga ko‘ra, hozir  AppStore’dagi ilovalari soni 2 milliondan ortiq, dasturchilari esa qariyb yarim millionni tashkil qiladi. Xo‘sh, iOS-ishlanmalari bilan kim shug‘ullanadi?

O‘QING: iPhone’lardagi ishkal sababli yana Apple’ning boshi egildi

Hozirda iOS 30 yoshli dasturchilar orasida ommalashgan platforma hisoblanadi.

Singapurlik Limu Ding Ven rasm chizish va kartinalarni bo‘yash uchun Doodle Kids ilovasini yaratganda atigi 9 yoshda edi. Qisqa vaqtda  bu ilovani dunyo bo‘yicha 880 000 marta yuklab olishdi.

iOS’da oddiy ilovani ishlab chiqish uchun oliy ma’lumot shart emas. Har to‘rtinchi dasturchi bu ishni bajara oladi.

Oddiy iOS-ilovasini ishlab chiqish uchun ingliz tilini bilish ham shart emas. Har o‘nta dasturchining atigi uchtasi ingliz tilida erkin gaplasha oladi.

O‘QING: App Store’dan Telegram X yo‘qolib qoldi. Ammo uni qaytarish yo‘li bor!

Ishni boshlash uchun qanday texnik bilimlar kerak?

iOS’da dastur yaratishni boshlash juda oddiy. Muvaffaqiyatli start olish uchun kerak bo‘ladigan narsalar:

  • ob’yektli-mo‘ljalli dasturlash tamoyilini bilish;
  • Xcode ishlanmalari muhitida ishlashni bilish;
  • Objective-C yoki Swift dasturlash tilini bilish.

Birinchi ilovani ikki oyda yaratsa bo‘ladi, bir yilda esa o‘z ishining haqiqiy ustasi bo‘la oladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.