iOS operatsion tizimi uchun Mozilla Firefox

iOS operatsion tizimi uchun Mozilla Firefox

iOS operatsion tizimi uchun Firefox brauzeri ishlab chiqarib rasman taqdim etildi. iPhone, iPad va iPod touch uchun mo‘ljallangan ilovani App Store internet-do‘konidan yuklab olish mumkin.

Firefox iOS versiyasida sahifalarni maxfiy ko‘rish funksiyasi (Private Browsing) mavjud. “Aqlli qidiruv”ni amalga oshirsa bo‘ladi, akkauntni sinxronlashtirish, foydalanuvchi navigatsiyasini eslab qolish, parollarni saqlash, ochiq varaqalarni (vkladka) qulay holda boshqarish mumkin.

Veb-brauzer uzoq muddat sinovdan o‘tkazildi. Yangi brauzer foydalanuvchisi standart qidiruv tizimini Yandeks yoki Googlega sozlash imkoni bor. Ilova hajmi 29,4 MBayt.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!