iOS uchun Telegram 4.6 taqdim etildi: Android’dagidan ustunliklari nimada?

  •   DiMaX
  •  1598
  •  09.12.2017 12:20

iOS uchun Telegram 4.6 taqdim etildi: Android’dagidan ustunliklari nimada?

Ommabop Telegram messenjerining iOS operatsion tizimi uchun chiqarilgan ilovasi bugun 4.6 versiyasiga qadar yangilandi. Messenjerdagi Telegram News kanali bu haqda post e’lon qilgan.

O‘QING: Telegram’dagi yozishmani butunligicha saqlab olishni bilasizmi?

Mazkur talqinda «tishlangan olmali» gadjetlar sohiblari uchun yana bir nechta imkoniyatlar taqdim etilgan:

  1. Media-fayllarning avtomatik saqlanishi hamda kiruvchi xabarlardagi fotosuratlarni saqlab qo‘yish uchun yangi, kengaytirilgan sozlamalar mavjud.
  2. Instagram’dagi postlar hamda Twitter’dagi tvitlarda bir nechta fotosuratli bo‘lsa, ularni havola orqali dastlabki ko‘rishda albom sifatida aks ettiriladi.
  3. Messenjerdagi ommaviy kanallar hamda guruhlardagi xabarlar uchun ichki HTML-vidjet taqdim etilgan.
  4. Maxfiy chatlar endi albomlarni ham qo‘llab-quvvatlaydi.
  5. Istalgan xabardan ekranning chap tomoniga silab, unga javob yozish mumkin.
  6. Ilova orqali qo‘ng‘iroq qilishda, qachon Peer-to-Peer (server ishtirokisiz qo‘ng‘iroq) funksiyasini qo‘llash imkoniyati qo‘shilgan.
  7. iOS 6 tizim talqinida ilovaning ishlashi bilan bog‘liq xatolik tuzatilgan.
  8. Ilovaning ishga tushish va umuman ishlash tezligi sezilarli darajada oshirilgan.
  9. Boshqa yaxshilash va tuzatishlar taqdim etilgan.

Ta’kidlab o‘tish kerakki, mazkur ro‘yxatningdagi 5–7-bandlarda ko‘rsatilgan o‘zgarishlar Telegram’ning faqatgina iOS-ilovasidagi 4.6 talqinida taqdim qilingan.

O‘QING: «Terabayt.Uz» tavsiya etadi: foydali Telegram-kanallar

Yana bir muhim yangilik: Telegram iOS 4.6 talqinining chiqish kodlari ham taqdim etilgan. Dasturchilar ushbu haqola orqali o‘tib, ularni olib foydalanishlari mumkin.

Apple qurilmalari egalari Telegram ilovasini mana bu havola orqali yuklab yoki yangilab olishlari mumkin.

 Xo‘sh, sevimli messenjerning yangi  imkoniyatlaridan foydalanamizmi?