iOS uchun Telegram'ga yangi funksiya qo'shiladi

iOS uchun Telegram'ga yangi funksiya qo'shiladi

Telegram jamoasi iOS dasturchilar uchun yangi tanlovning birinchi bosqichini e'lon qildi. Vazifa Swift dasturlash tilida iOS'ning ichki media tahrirlovchisiga o'xshash ilova yaratish bo'lib, bunda dasturchilardan uchinchi tomon UI freymvorklaridan foydalanishlari taqiqlanadi. Yakuniy ilova iOS 13 va undan yuqori versiyalar uchun mos bo'lishi va iloji boricha Telegram tomonidan taqdim qilingan namunaga yaqin ko'rinishda bo'lishi kerak.

Musobaqa dedlayni 31-oktbarga belgilangan va unda hamma qatnashishi mumkin. Natijalar 10-noyabr kuni e'lon qilinadi. G'olib 50,000 dollar pul mukofoti bilan taqdirlanadi va u Telegram jamoasiga qo'shilishi mumkinligi ham ma'lum qilingan. Batafsil ma'lumotlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Telegram yakuniy natijani iPhone 6s'dan to iPhone 14 Pro modellarigacha bo'lgan iOS smartfonlarida sinab ko'radi va u kelajakda yangilanish bilan barchaga chiqariladi.

O'QING: Telegram'da navbatdagi firibgarlik: "Siz 3 oylik Premium obuna yutib oldingiz!"

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!