iOS uchun yanada tezkor Telegram X taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  2206
  •  25.12.2017 13:00

iOS uchun yanada tezkor Telegram X taqdim etildi

Telegram kompaniyasi iOS operatsion tizimida ishlovchi qurilmalar uchun o‘z messenjerining muqobil ilovasi – Telegram X dasturini taqdim etdi. App Store ilovalar katalogida u iPad uchun mo‘ljallangan Telegram HD kliyentining o‘rniga joylandi.

Telegram X ilovasida bir qator yangi funksiyalar paydo bo‘lgan. Jumladan, unda interfeysning klassik ko‘rinishidan tashqari, yana uchta mavzu mavjud: tungi, tungi-moviy hamda kunduzgi. Shuningdek, shrift o‘lchamini almashtirish hamda ensiz tasvirlar bilan ishlashni sozlash kabi imkoniyatlar ham taqdim etilgan.

Mazkur ilova butunicha Swift dasturlash tilida yozilgan. U odatiy kliyentga nisbatan tezkorroq, animatsiyali stikerlarga ega hamda batareya quvvatini tejaydi.

O‘QING: Dasturlashni mobil qurilmalarda o‘rgatuvchi 11 ilova + bonus!

Ayni damda App Store do‘konida Telegram ikkita – oddiy va yangicha talqindagi versiyalarda alohida-alohida joylangan. Apple gadjetlari sohiblari Telegram X ilovasida mana bu havola orqali yuklab olishlari mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!