iOS va Windows foydalanuvchilariga yaxshi yangilik bor

iOS va Windows foydalanuvchilariga yaxshi yangilik bor

Bir qancha muddat oldin Microsoft o‘zining bulutli o‘yin servisini Android uchun taqdim etgan va ushbu xizmatni iOS va Windows qurilmalari uchun ham taqdim qilajagini va’da bergandi. Endi esa, ushbu yangilik qachon joriy qilinishi mumkinligi borasida biroz bo‘lsa-da, ma’lumotga ega bo‘ldik.

Bu katta yangilik, sababi xCloud deb ataluvchi ushbu servis bilan eng so‘nggi o‘yinlarni o‘ynash uchun sizdan kuchli o‘yin kompyuteri sotib olish talab qilinmaydi. Agar sizda Xbox konsoli bo‘lsa va oyiga 15 dollarlik Game Pass Ultimate obunasiga a’zo bo‘lgan bo‘lsangiz, brauzeringiz yoki Windows uchun Xbox ilovasi orqali o‘yinlardan bahramand bo‘lishingiz mumkin bo‘ladi. O‘zingiz ham sezganingizdek, o‘yinlarni o‘ynash uchun tezkor va barqaror internet talab qilinadi.

Xuddi Google Stadia, GeForce Now va Amazon Luna servislari singari xCloud iPhone'larda Apple'ning App Store'idan emas, balki brauzerdan foydalanishi ehtimoli katta.

O‘QING: Google nihoyat Fuchsia operatsion tizimini ishlatib ko‘rishga ruxsat berdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!