iOS yangilanishi iPhone’larni Wi-Fi va uyali aloqadan mahrum etmoqda

  •   DiMaX
  •  849
  •  12.02.2019 13:55

iOS yangilanishi iPhone’larni Wi-Fi va uyali aloqadan mahrum etmoqda

«Tishlangan olmali» mobil qurilmalardagi FaceTime ilovasida jiddiy nuqson topilganidan xabaringiz bor. Apple ushbu va boshqa ayrim xatoliklarni bartaraf etib, o‘z mobil operatsion tizimini iOS 12.1.4 talqinigacha yangilagandi.

O‘QING: 14 yashar o‘smirni Apple nega mukofotlayapti?

Buni qarangki, mazkur apdeyt iPhone egalari uchun ko‘pgina muammolar keltirib chiqardi. Ular yangilanganidan so‘ng smartfonlari Wi-Fi tarmog‘iga yoki uyali aloqa tarmog‘iga, ba’zi hollarda esa har ikkalasiga ulana olmay qolishidan shikoyat qilishmoqda.

Bulardan tashqari, iOS 12.1.4 versiyasiga yangilagach, ayfonda Touch ID va boshqa funksiyalarning ishlash tezligi pasayganidan, shuningdek, AirPods bilan bog‘liq muammolardan ham nolishmoqda.

Shunday bo‘lsa-da, qurilmani bu talqingacha yangilab olish foydadan xoli emas, demoqda mutaxassislar. Zero, u tizim himoyasidagi «tuynuk»ni hamda xotira bilan ishlashga aloqador ayrim nuqsonlarni bartaraf etadi. Buyog‘iga endi  iOS 12.1.5 talqini tezroq chiqishini kutish qoldi, xolos.

O‘QING: iOS 12 hamda macOS Mojave himoyasini buzish yo‘lini Google xodimi ko‘rsatib berdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.