iOS16 haqida yangi ma’lumotlar

iOS16 haqida yangi ma’lumotlar

Apple o‘zining WWDC 2022 dasturchilar konferensiyasini iyun oyining 6-10 kunlarida o‘tkazishini e’lon qildi. Odatda kupertinolik kompaniya har yili o‘tkaziladigan bu tadbirda o‘z qurilmalarining operatsion tizimlari yangi avlodini taqdim qiladi va bu yil ham an’analarga sodiq qolgan holda iOS 16 va boshqalar taqdim qilinishi kutilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Sydney kod nomi ostidagi iOS 16 da interfeys dizayni unchalik o‘zgarmaydi. Insayderlarning aytishlaricha, yangi avlod iOS dagi asosiy o‘zgarish bildirishnomalar va sog‘liqni kuzatish funksiyalarida amalga oshiraladi.

Shuningdek, Apple hozirda o‘zining VR ko‘zoynagi ustida ishlamoqda va u shu yil oxirrog‘ida yoki keyingi yil boshida chiqarilishi mumkin. iOS 16 esa ushbu qurilma bilan ishlaydigan turli xil xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Ma’lum bo‘lishicha, VR qurilma o‘zining rOS nomli operatsion tizimida ishlaydi.

O‘QING: Bolalar uchun maxsus metaolam yaratiladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!