iOS’dan ma’lumotlarni Andriod’ga o‘tkazish osonlashadi

  •   DiMaX
  •  297
  •  29.07.2021 09:05

iOS’dan ma’lumotlarni Andriod’ga o‘tkazish osonlashadi

Google muhim ma’lumotlarni va sozlamalarni iPhone’dan Android-smartfonga osongina uzatadigan dastur ishlab chiqdi. Unda hattoki dasturlarni ham o‘tkazish mumkin bo‘ladi, deya xabar bermoqda UZZOOM nashri.

O‘QING: iPhone egalarini Android-smartfonga o‘tishga undayotgan uchta asosiy sabab

«Ma’lumotlarni tiklash» funksiyasining o‘zi uzoq vaqtdan beri Android OS paketining bir qismi bo‘lib kelgan, ammo yaqinda Google uni mustaqil dastur sifatida ommaga e’lon qildi.

Shuningdek, manbaning yozishicha, yaqin orada dasturlarni uzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan yangilanish paydo bo‘ladi. Ushbu qaror Google’ning so‘nggi OS yangilanishida paydo bo‘ldi va hozirgi iOS’ning Android’ga ko‘chirish jarayonidagi noqulayligi tufayli yuzaga keldi.

O‘QING: Xitoyning bu flagmanlari iPhone egalarini Android’ga o‘tishga majbur qilyapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!