IP daraja nima?

IP daraja nima?

«Bu nima?» rukni davom etadi. Oldinroq megapiksel nima ekanligi haqida to‘xtalib o‘tgan edik. Quyida IP darajasi haqida batafsil suhbatlashamiz.

IP (inglizcha, International Protection) daraja bu — biror-bir ob’yektning suv, chang va boshqa tashqi materiallardan qanchalik darajada himoyalanganini ko‘rsatuvchi xalqaro darajalash tizimi.
Ob’yektning IP standartini ko‘rsatuvchi to‘liq belgisi «IP» harflari va ikkita raqamdan iborat bo‘ladi. Masalan, IP68. Bu yerda birinchi raqam ob’yektning chang va boshqa qattiq jismlardan himoyalanganlik darajasini aks ettirsa, ikkinchi raqam suyuqliklardan himoyani ko‘rsatadi.

Agarda IP darajasi kodida «X» harfi bo‘lsa, bu ma’lum materialdan himoyalanmaganlikni ifodalaydi. Misol uchun, «IPX7» standartiga ega jism changga qarshi himoyalanmagan yoki tekshirib ko‘rilmagan, suyuqlikdan esa 7 darajada himoyalangan bo‘ladi. IP ko‘rsatkichidagi raqam qancha yuqori bo‘lsa, shuncha yaxshi.
Changdan himoyani ko‘rsatuvchi raqam 4 va undan quyi bo‘lsa, demak jism nisbatan katta ob’yektlarga qarshi himoyalangan bo‘ladi. 5 va undan yuqori ko‘rsatkich esa changdan himoyani, 6 (bu ko‘rsatkich qattiq jismlar uchun maksimal himoya) esa chang o‘tkazmaydigan himoyani bildiradi.
Suyuqliklarni ko‘rsatuvchi raqamlar esa 1 dan 9 gacha shkalada bo‘ladi. Bunda, 1 tomchidan himoyani 9 esa maksimal himoyani anglatadi. Suvdan 9 darajada himoyalangan ob’yektni, masalan, idish yuvish mashinasiga yoki yuqori bosimli va yuqori temperaturali suvga solish mumkin bo‘ladi.
ip68Suyuqlikdan himoyaning eng ommalashgan turlari quyidagilar:
•IP?4: Istalgan burchakdan suv sachrashidan himoya.
•IP?5/IP?6: Istalgan burchakdan kuchli suv oqimidan himoya. «Suvga chidamli» belgisiga ega telefonlarning ko‘pi mana shu standartga ega bo‘ladi.
•IP?7: 30 daqiqagacha 1 metr chuqurlikdagi suvdan himoya. «Suv o‘tkazmaydigan» belgisiga ega telefonlarning ko‘pi mana shu standartga ega bo‘ladi.
•IP?8: Ob’yekt uzoq vaqt chuqur suvda qoldirilishi mumkin. Masalan, Samsung Galaxy Note20 Ultra smartfoni IP68 standartiga ega.
O‘QING: IMEI nima va uning ahamiyati nimada?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!