IP-manzil nima va u qanday ishlaydi?

IP-manzil nima va u qanday ishlaydi?

Internet protokoli (IP) manzili — bu internetda kompyuter yoki telefon kabi qurilmalarni ifodalab, xuddi telefon raqamga o‘xshaydi. Agar telefoningiz IP-manzili bilsangiz, uning qayerda ekanligini aniqlashingiz mumkin. Ammo internet provayderidan olinadigan ma’lumotsiz aniq bir geografik joylashuvni IP-manzildan orqali aniqlash imkonsiz.

IP-manzil ma’lumoti qanday ishlaydi?

Kompyuterlar internet orqali bir-biri bilan bog‘langanda, ular raqamli kodlardan foydalangan holda raqamli xabarlarni jo‘natish va qabul qilish ammalarini bajaradi. Hozirda foydalanilayotgan IP-manzillarning eng ko‘p uchraydigan turlari, odatda, nuqtalar bilan ajratilgan to‘rtta raqam orqali ifodalanadi, masalan, 127.0.0.1 kabi. Bu maxsus IP-manzil bo‘lib, undan qurilmalarni test qilish va boshqa maqsadlarda foydalaniladi.

Internet provayderlardagi kompyuterlar va boshqa qurilmalar, masalan, uy, ofis routerlari kabi qurilmalar IP-manzilga ko‘ra xabarlar almashadi.

Odatda, IP-manzilni internet servis provayderi (ISP) taqdim etadi. ISP tarmoqdagi mobil qurilmalarni tarmoqqa ulovchi tashkilot hisoblanadi.

O‘xshash IP-adreslarni klasterlash axborot almashuvini soddalashtiradi, shuning uchun, tarmoqqa ulangan qurilma IP-manzilidan o‘sha qurilma qayerda joylashganini taxminan aniqlash mumkin bo‘ladi. Kompaniya tarmog‘ida IP-adres ma’lumoti bilan ma’lum bir kompyuter ofisning qayerida joylashganini bilib olishingiz mumkin. Xuddi shunday, internet provayder tarmog‘ida, bu ma’lumot kompyuterning geografik joylashuvini aniqlab bera oladi.

IP-manzil qanday topiladi?

Ma’lum bir IP-manzilni qaysi ISP taqdim qilganini aniqlay oladigan bir qator ma’lumotlar bazalari mavjud. Ushbu bazalar, shuningdek, ma’lum IP-adresdan foydalanayotgan kompyuter taxmiman qayerda joylashganini aniqlay oladi. Ba’zi kompaniyalar bu ma’lumotlardan foydalanib, ma’lum hudud/mamlakat aholisiga maqsadli reklamalar taqdim qila olishi yoki o‘sha hududda amalda bo‘lgan tilda servis ko‘rsatishi mumkin.

Bu turdagi ma’lumotlarni bepul beradigan bir necha IP-manzil kuzatuv ma’lumotlar bazalari mavjud. Buning uchun, ma’lumotlar bazasidagi qidiruv bo‘limiga IP-manzilni kiriting va qanday geografik ma’lumot mavjud ekanligini bilib oling.

IP-manzilni kuzatishda cheklovlar

Agar siz internet provayderning ichki ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniga ega bo‘lmasangiz, aksariyat hollarda IP-mazil yordamida kimningdir joylashuvini aniq-tiniq bila olmaysiz. Ba’zi hollarda odamlar IP-manzil xaritalash ma’lumotidan biror shaxsni jinoyatda ayblash va boshqa bir noma’qbul ishlarni olib borishadi. Bunda ular aniqlagan xaritalash ma’lumotlari noto‘gri bo‘lib ko‘pincha aybsiz odamlarga duch kelishadi.

Agar sizdagi IP-manzil haqiqatan jinoyatga qo‘l urgan shaxsniki bo‘lsa, vaziyatni sinchkovlik bilan o‘rganing va mahalliy politsiya yoki advokatga murojaat qiling. Mutasaddilar internet provayderdan qonuniy ravishda IP-manzil haqida ma’lumot olib, vaziyatga oydinlik kiritish uchun sizga yordam berishadi.

Notog‘ri IP-mazil ma’lumotidan ehtiyot bo‘ling

Muayyan hududda joylashgan IP-manzillardan ushbu joyda bo‘lmagan kishi foydalanishi mumkin. Bunga virtual maxfiy tarmoq (VPN) yordamida tarmoqni boshqa serverga yo‘naltirish orqali erishiladi. Xakerlar ham IP-maznilini o‘zgartirib ish qiladi. Bunday hollarda IP-manzilning geografik joylashuvini aniq topgan bo‘lsangiz ham, u adresdan foydalanayotgan odam, aslida, ming-minglab kilometr masofada bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Nima uchun VPN'dan foydalanish kerak? (+bonus)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!