iPad do‘konning o‘zidayoq yonib ketib, uch kishini jarohatladi!

  •   DiMaX
  •  757
  •  20.08.2018 14:00

iPad do‘konning o‘zidayoq yonib ketib, uch kishini jarohatladi!

Smartfon vv planshetlarda uchrab, kishilarning sog‘ligi va hayotiga xavf sotayotgan jiddiy muammolardan biri akkumulyatorning qizib, tutab, alanga olib va portlab ketishidir. Ayniqsa, yetakchi ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarida bunday hodisalar bo‘lishi ularning nufuziga ham salbiy ta’sir etayotir.

O‘QING: Smartfon portlashidan qo‘li va yuzi mayib bo‘lgan qizchaning oilasi Samsung’dan 250 000 dollar talab qilmoqda

Kuni kecha Amsterdamdagi Apple Store do‘konida ham shunday noxush voqea sodir bo‘ldi – vitrinada turgan iPad o‘z-o‘zidan tutab, alangalanib ketdi. Do‘kon xodimlari yashin tezligida uni qum to‘ldirilgan maxsus konteynerga joylashdi.

Ammo planshet konteynerda turgan holida ham zaharli tutun chiqarishda davom etdi. Oqibatda do‘kon xodimlaridan uch nafarining ahvoli og‘irlashdi. Shu bois chaqirilgan «Tez yordam» mashinasi ularni o‘pkalarini tekshirtirish uchun kasalxonaga olib ketdi. Ushbu voqea tufayli do‘konni bir necha soatga yopib qo‘yishga to‘g‘ri keldi.

iPad’ning yonib ketishiga uning akkumulyatori qizishi sabab bo‘lgan, deyiladi xabarda. Zero, vitrinaga qo‘yiladigan namunalar tunu kun uzluksiz yoqiq turadi, shu bois ularning ekrani va protsessoriga yuk tushadi.

O‘QING: Top-5: ishonchli akkumulyatorga ega smartfonlar, ularning yurtimizdagi narxlari

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!