iPad mini 5 mustahkamligini ayovsiz sinab ko‘rgan texnobloger hayratga tushdi! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1300
  •  05.04.2019 18:10

iPad mini 5 mustahkamligini ayovsiz sinab ko‘rgan texnobloger hayratga tushdi! («jonli» video)

Apple kompaniyasi yaqindagina beshinchi avlod iPad mini planshetini taqdim etgan edi. Mutaxassislar uning ichini ochib ko‘rib, ta’mirga yaroqsiz ekanini aniqlashgan, ammo foydalanuvchi uchun eng muhimi – bu gadjet hadeganda ta’mirga muhtoj bo‘lavermas ekan.

O‘QING: AnTuTu reytingi (2019 yil aprel): g‘olib – bulturgi iPad Pro, eng zo‘r iPhone esa – atigi beshinchi o‘rinda!

JerryRigEverything nomli YouTube-kanal muallifi – mashhur texnobloger Zak Nilson ushbu planshetni ayovsiz sinab ko‘rdi. Uning ta’kidlashicha, iPad mini 5 ekrani ustiga toblangan shisha yotqizilgan va har qanday zamonaviy smartfon displeyi kabi tirnalish darajasiga ega. Unga chizish uchun yetarlicha qattiq jism bilan tirnashga to‘g‘ri keladi. Xuddi shu gapni «Uyga» tugmachasidagi barmoq izi skaneri haqida ham aytish mumkin.

Ammo alyuminiydan ishlangan korpusning boshqa barcha joylari osongina tirnaladi. Zak Nilson buni isbotlash uchun iPad mini 5 orqa paneliga Marvel kinokomikslari qahramoni – Tanos suratini chizib ko‘rsatgan.

Apple Pencil stilusini qo‘llab-quvvatlovchi IPS-ekranni videobloger olov bilan ham sinab ko‘rgan. Alanga ta’sirida u qorayib qolgan, lekin sal vaqt ichida piksellar tiklanib, odatiy holatiga qaytgan.

Ko‘plab planshetlar qatori iPad mini 5 korpusi ham oson bukilar ekan. Lekin hatto bukilgan holatida ham bu qurilma o‘z ish qobiliyatini yo‘qotmasdan, bemalol ishlayvergani Zak Nilsonni hayron qoldirgan.

O‘QING: «Qotib» ishlayotgan iPhone yoki iPad tezkor xotirasini tozalashning eng oddiy va samarali usuli

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!