iPad Pro: tavsif va narx

iPad Pro: tavsif va narx

“Tishlangan olma” kompaniyasi joriy yilning 9 sentyar sanasida iPad Pro qurilmasi haqida ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng mazkur turdagi planshetlarning jamoatchilikka qachon taqdim etilishi, narx-navosi qanday bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrlar “muxlislar”ini ancha intiq qilgandi. Ayni damda Apple`ning eng yirik plansheti narxi va chiqish vaqti aniq bo‘ldi.

Shunday qilib, iPad Pro planshetlarini joriy yilning 11 noyabridan boshlab xarid qilish mumkin. Uning bahosi Apple`ning rasmiy saytida ham e’lon qilindi. 

Masalan, 32 GB xotiraga ega SIM-kartalar uchun maxsus joy bo‘lmagan va mobil tarmoqni qo‘llovchi standart versiyasi 799 AQSh dollari atrofida, 128 GB varianti esa 949 AQSh dollari narxida. Shuningdek, 128 Gb va LTE’li model 1079 AQSh dollari, Stilus Pencil 99 AQSh dollari, Smart Keyboard g‘ilof-klavituralisi 169 AQSh dollariga baholangan.

iPad Pro plansheti uch xil rangda – «silver», «gold» va «space gray», ya’ni iPad Air 2 va iPad Mini 4 ranglarida bo‘ladi. iPad`ning pushti ranglisi esa hozircha chiqarilmaydi.

Planshet diagonali 12,9 dyuymli Retina displeyga ega. Ko‘rsatish qobiliyati 2732x2048 nuqtani tashkil qiladi. Qolaversa, 64 bitli A9X protsessorlarining uchinchi avlodi M9 maxsus protsessor, 1,2 MP o‘lchamli yuzni aniqlash tizimiga ega FaceTime kamerasi, f/2.4 apertura va fokusni avtomatik to‘g‘rilash qobiliyatiga ega 8 megapikselli asosiy kamera, barmoq skaneri hamda doimiy video ko‘rish yoki Wi-Fi qo‘llanilgan holda 10 soatga yetadigan quvvat manbai (batareyka) mavjud.

Planshet stilusi – Apple Pencil versiyaning imkoniyati o‘ziga xos. Bosim va egilishni sezuvchi datchiklar bosish kuchi va holatini aniqlay oladi. Foydalanuvchi chiziq qalinligini boshqarishi, yengil shtrixlar va boshqa tasviriy effektlarni ham yaratishi mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!