iPadOS 14, watchOS 7 va macOS Big Sur taqdim etildi – ularga yangilanuvchi barcha qurilmalar ro‘yxatlari

  •   DiMaX
  •  571
  •  24.06.2020 12:16

iPadOS 14, watchOS 7 va macOS Big Sur taqdim etildi – ularga yangilanuvchi barcha qurilmalar ro‘yxatlari

Apple korporatsiyasi 22 iyun kuni bo‘lib o‘tgan WWDC 2020 tadbiri doirasida iOS 14 operatsion tizim talqini namoyish etdi. Biz ushbu proshivkani qabul qiluvchi iPhone’larning rasmiy ro‘yxatini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Android 11 uchun Google nimalarni iOS’dan olgan?

Kupertinolik kompaniya mazkur tadbirida yana o‘z planshetlari uchun iPadOS 14, smart-soatlari uchun watchOS 7 hamda kompyuterlari uchun macOS Big Sur operatsion tizimlarini ham namoyish qilgan. Quyida mazkur proshivkalar qaysi modellardagi qurilmalarga kelishini ko‘rib chiqamiz.

Ma’lum bo‘lishicha, iPadOS 13 tizimida ishlyotgan barcha iPad modellariga iPadOS 14 ham tarqatiladi. Bular quyidagi planshetlardir:

  1. 12,9 dyuymlik iPad Pro (1-dan to 4-avlodgacha);
  2. 11 dyuymlik iPad Pro (1-dan to 4-avlodgacha);
  3. 10,5 dyuymlik iPad Pro;
  4. 9,7 dyuymlik iPad Pro;
  5. iPad (5-dan to 7-avlodgacha);
  6. iPad mini (5-avlod);
  7. iPad mini 4
  8. iPad Air (3-avlod);
  9. iPad Air 2.

O‘QING: To‘rt yil avvalgi smartfon barcha iPhone va iPad’lardan ustun keldi! (AnTuTu reytingi, 2020 yil may)

watchOS 7 operatsion tizimini esa quyidagi rusumlarga mansub aqlli soatlar qo‘llab-quvvatlaydi:

  1. Apple Watch Series 3
  2. Apple Watch Series 4
  3. Apple Watch Series 5

Afsuski, birinchi va ikkinchi avlod Apple Watch’lar yangi proshivkadan benasib qoladi.

Bundan tashqari, Apple ogohlantirishicha, watchOS 7 operatsion tizimining «e’lon qilingan funksiyalari barcha qurilmalarda bo‘lavermaydi». Ya’ni, Apple Watch modeli yuqoridagi ro‘yxatga kirgan bo‘lsa-da, yangi operatsion tizimdagi funksiyalarning ayrimlari ularda ishlamasligi mumkin.

O‘QING: Apple Watch’ning original funksiyasi qanday ishlashini sekinlashtirilgan videoda ko‘ramiz

Yangi avlod – macOS Big Sur operatsion tizimini esa quyidagi Mac kompyuterlariga o‘rnatish mumkin bo‘ladi:

  1. MacBook – 2015 yildan buyog‘iga chiqqanlari;
  2. MacBook Air – 2013 yildan buyog‘iga chiqqanlari;
  3. MacBook Pro – 2013 yildan buyog‘iga chiqqanlari;
  4. Mac mini 2014 va undan keyingilari;
  5. iMac 2014 va undan keyingilari;
  6. iMac Pro – 2017 yildan buyog‘iga chiqqanlari;
  7. Mac Pro – 2013 yildan buyog‘iga chiqqanlari.

Apple kompyuteringiz macOS Big Sur operatsion tizimini qabul qilish-qilmasligi haqidagi va bu boradagi boshqa ma’lumotlarni mana bu havola orqali kompaniyaning rasmiy saytidan ko‘rib olishingiz mumkin.

O‘QING: Apple flagman smartfon narxida... kompyuter g‘ildiragi chiqardi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!