iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max ishonchni oqlay olmadi!

  •   DiMaX
  •  2725
  •  25.10.2019 10:22

iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max ishonchni oqlay olmadi!

Kupertinolik korporatsiyaning bu yilgi smartfonlari orasida iPhone 11 dunyo bo‘ylab barcha hududlarda juda yaxshi sotilyapti. Biroq iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max modellarining savdosi ko‘ngildagidek emas.

O‘QING: «Kelinni kelganda ko‘r...»: iPhone 11’lar bo‘yicha ommaviy shikoyatlar boshlandi

Rosenblatt Securities tahlilchisi Jun Chjan (Jun Zhang) so‘zlariga ko‘ra, iPhone 11 bozorga chiqarilganidan keyingi atigi bir oydayoq 12 million donadan oshiq sotilgan. Apple ushbu modelni ishlab chiqarish hajmini ham oshirishni rejalashtirmoqda.

Ikkinchi tomondan esa, iPhone 11 Pro va 11 Pro Max flagmanlari uncha ketmayapti. Ularning savdosi o‘tgan yilgi iPhone XS va XS Max modellaridan 15 foizga sust. Shu boisdan kupertinolik korporatsiya bu ikki ayfonni ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga majbur bo‘lyapti.

Mutaxassislarning prognozlariga ko‘ra, iPhone 11 turkumiga mansub uchta modeldagi smartfonlarning umumiy sotilishi yilning oxirigacha 70 million donaga borib qoladi. Keyingi yilda esa kompaniyaning eng arzon smartfoni – anchadan beri kutilayotgan iPhone SE 2 modeli Apple’ning bozordagi o‘rnini mustahkamlashi taxmin qilinmoqda.

O‘QING: iPhone SE 2 yanvardanoq ishlab chiqariladi, iPhone 8 arzonlashadi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!