iPhone 11 Pro "qilma", degan ishni ham qilaverar ekan

iPhone 11 Pro

iOS 13 chiqarilganda, operatsion tizimning maxfiylik sozlamalari kuchaytirilganligi ta’kidlangan edi. Vaholanki, aftidan, barcha ilova va funksiyalarning geolokatsiya ma’lumotlaridan foydalanishini cheklab qo‘ysangiz ham, qurilma joylashuvingiz haqida ma’lumot yig‘ib boraveradi.

Brayn Krebsning aytishicha, iPhone 11 Pro'da Joylashuv xizmatlari o‘chirib qo‘yilganda ham, GPS ma’lumotlarini yig‘ilaveradi va hattoki geolokatsiya ikonkasi bildirishnomalar panelida ko‘rinib turadi.

Apple'ning Maxfiylik siyosatiga ko‘ra, qurilma yaqin atrofdagi Wi-Fi tarmoqlari va mobil aloqa minoralarining geotegli lokatsiyalarini anonim va shifrlangan ko‘rinishda vaqti-vaqti bilan serverga uzatib turadi. Biroq kompaniyaning ta’kidlashicha, geolokatsiya yig‘ib borilishini ilovama-ilova o‘chirib qo‘yish mumkin.

Afsuski, Krebs tomonidan tayyorlangan videoda ko‘rsatilishicha, barcha ilovalarning geoma’lumotlar olish imkoni cheklanib, mobil aloqa vaqtincha uzib qo‘yilsa ham, aloqa qayta tiklanganda GPS ikonkasi ekranda yana ko‘rinadi.Ushbu holatga munosabat bildirgan kompaniya muxandislaridan biri bu masala borasida hech qanday xavotirga o‘rin yo‘qligini ta’kidlagan. Muxandisning yana ta’kidlashicha, ikonka Sozlamalar orqali o‘chirib bo‘lmaydigan xizmatlar ishlayotganda ham paydo bo‘ladi. Mutaxassisning so‘zlaridan iPhone'larda foydalanuvchi tomonidan o‘chirib qo‘yish imkoni mavjud bo‘lmagan funksiyalar ham mavjud ekanda, degan xulosa kelib chiqadi. 

O‘QING: iPhone, iPad va boshqa Apple devayslari uchun 2019 yilning eng zo‘r ilova hamda o‘yinlari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!