iPhone 11’lar uchun «homilador» g‘iloflar chiqdi – naq bitta Redmi 8 narxida!

  •   DiMaX
  •  2657
  •  21.11.2019 11:42

iPhone 11’lar uchun «homilador» g‘iloflar chiqdi – naq bitta Redmi 8 narxida!

Apple o‘zining iPhone 11, iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max smartfonlari uchun Smart Battery Case g‘iloflarini taqdim etdi. Kompaniya avval iPhone 7 hamda iPhone 6/6s modellari, shu yilning boshida esa iPhone XR, XS hamda XS Max modellari uchun ham shunaqa «ikkiqat» g‘iloflar chiqargan edi.

O‘QING: Smartfoningiz uchun «himoya yostiqchasi»: bu g‘ilof bilan u yerga tushib ketmaydi! (+video)

Smart Battery Case g‘iloflarining asosiy xususiyati – unga akkumulyator ham qo‘shilganidir; shu boisdan ham ular «bukri» yoki «ikkiqat» ko‘rinishda. Qo‘shimcha batareya sharofati bilan iPhone 11’larga 50 foizgacha qo‘shimcha quvvat baxsh etish mumkin.

Yangi ayfonlarning kamera bloklari o‘zgacha bo‘lgani bois, ularning g‘iloflarida ham shunga mos kvadrat tirqishlar mavjud. Apple bu g‘iloflarni avvalgidek uch xil – oq, qora va pushti ranglarda taklif etyapti.

O‘QING: iPhone 11’larning taqdimotda Apple aytmagan beshta kamchiligi

iPhone 11 modellari (sotib olish) uchun chiqarilgan Smart Battery Case g‘iloflarida yana bir o‘zgarish mavjud – ularga hatto smartfon bloklangan holida ham kamerani ishga tushiruvchi maxsus tugmacha qo‘shilgan. Uni biroz bosib turib, video suratga olishni boshlash mumkin.

Bu yilgi ayfonlarning qay biriga mo‘ljallanganidan qat’i nazar, yangi Smart Battery Case g‘iloflari uchun bir xil narx belgilangan – Apple ular uchun naq 129 dollar so‘rayapti! Bu esa hamyonbop bitta smartfon, masalan – Redmi 8 (xarid qilish) qiymatiga teng. Nimayam derdik, qimmat smartfonga – qimmat g‘ilof...

Darvoqe, Terashop.uz internet-do‘konimizda turli rusumlardagi iPhone’larni 3 760 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Eshagidan tushovi qimmat: bu smartfon g‘ilofi naq 3012 dollar turadi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!