iPhone 11’lar yangi rekord o‘rnatdi, lekin bu ko‘rsatkich Samsung’ning flagmaniga yeta oladimi?

  •   DiMaX
  •  2222
  •  28.10.2019 09:47

iPhone 11’lar yangi rekord o‘rnatdi, lekin bu ko‘rsatkich Samsung’ning flagmaniga yeta oladimi?

Janubiy Koreyada o‘tgan haftaning oxirida iPhone 11, iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max smartfonlari savdoga chiqdi. Savdoning birinchi kunidanoq 130 000 donadan ortiq yangi rusumdagi ayfon sotildi.

O‘QING: iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max ishonchni oqlay olmadi!

Bu raqam xarid qilinganidan so‘ng ishga tushirilgan – aktivatsiya qilingan iPhone 11 (sotib olish), iPhone 11 Pro (xarid qilish) va iPhone 11 Pro Max (sotib olish) modellari asosida keltirilgan. Aslida esa o‘sha kuni bu smartfonlardan Janubiy Koreyada yanada ko‘proq sotilgan bo‘lishi tabiiy.

Lekin hatto shu 130 000 smartfonni hisobga olganda ham, mazkur holat Apple telefonlari uchun mazkur mamlakatda sotilish rekordi hisoblanadi. Bundan bir yil avval savdoga chiqqanida, iPhone XS (sotib olish), iPhone XS Max i iPhone XR (xarid qilish) modellaridan Janubiy Koreyada birinchi kuni taxminan 100 000 dona sotilgan. Ya’ni, bu yilgi modellarning ilk kundagi savdosi naq 30 foizga oshgan.

O‘QING: iPhone SE 2 yanvardanoq ishlab chiqariladi, iPhone 8 arzonlashadi!

Shunga qaramasdan, yangi iPhone’larning savdo boshlanishidagi rekordi Samsung Galaxy Note 10 (sotib olish) turkumiga yeta olmagan. Ushbu fabletlar o‘z vatanida bozorga chiqqan kuni ulardan 220 000 dona sotilgan!

Eslatib o‘tamiz, Terashop.uz internet-do‘konimizda turli rusumlardagi Samsung telefonlarini atigi 705 000 so‘mdan boshlangan narxlarda xarid qilish, iPhone’larni esa 3 760 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Shoshiling! Galaxy Note10+ ni 500 dollar arzonroqqa sotib olsangiz bo‘ladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.