iPhone 11’larning taqdimotda Apple aytmagan beshta kamchiligi

  •   DiMaX
  •  2401
  •  20.11.2019 15:29

iPhone 11’larning taqdimotda Apple aytmagan beshta kamchiligi

Kupertinolik korporatsiya yaqinda iPhone 11, iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max smartfonlarini taqdim etgan edi. Biroq oldingi avlod ayfonlardagi ayrim jihatlar yangi modellarda yo‘qligi haqida Apple bu namoyishda lom-mim demadi.

O‘QING: Xitoyda standart iPhone 11’dan ham arzon iPhone 11 5G rasman sotilyapti!

  1. Tezkor quvvatlash uskunasi qani?

Apple taqdimotda faxr bilan aytganidek, bu yilgi ayfonlarning uchalasi ham 18 vattlik tezkor zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Biroq shunday quvvatli uskunani iPhone 11 (xarid qilish) modeli uchun alohida sotib olishga to‘g‘ri kelishini aytishmadi. Ha, ishonavering, uning jamlanmasida avvalgidek 5 vattlik quvvatlash adapteri bor. Uni tezkor zaryadlash uchun 18 vattlik quvvatlagichdan tashqari, hali USB‑C/Lightning kabelini ham xarid qilishga to‘g‘ri keladi.

  1. 3D Touch g‘oyib bo‘lgan!

Namoyishda kompaniya aytmay ketgan yana bir jihat esa bu yilgi ayfonlarning 3D Touch texnologiyasidan mahrum etilganidir. Endi ekranga uzoqroq vaqt bosib turish orqali qo‘shimcha funksiyalarni chaqirish masalasi dasturiy yo‘llar bilan hal etiladi. Bosishning kuchiga qarab funksiyalarni taklif etuvchi 3D Touch texnologiyasiga ega so‘nggi modellar esa iPhone XS (sotib olish) hamda iPhone XS Max bo‘lib qoldi.

O‘QING: QIZIQ VIDEO: Eng birinchi iPhone’ni eng so‘nggi iPhone 11 Pro bilan taqqoslaymiz!

  1. Ular suvdan qo‘rqadimi?

2019 yilgi ayfonlarning uchalasi ham IP68 standartiga ko‘ra chang va suvdan himoyalangan, biroq ularning muhofazasi birdek kuchli emas. iPhone 11 suvga faqat 2 metrgacha chuqurlikda, shundayam oz muddatda chiday oladi. iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max flagmanlari bo‘lsa 4 metrgacha suvdan qo‘rqmasligi aytilmoqda.

  1. Vazni ham narxidek...

Apple o‘z taqdimotlarida odatda yangi qurilmalarining o‘lchamlari, ayniqsa vazni haqida so‘z ochmaydi. iPhone 11 Pro Max masalasida aytmay to‘g‘ri ham qilgandir – axir, u naq 226 gramm tosh bosadi! Taqqoslash uchun aytib o‘tsak: Samsung Galaxy Note 10+ vazni 196 gramm, iPhone XS Max og‘irligi 208 gramm, Huawei P30 Pro esa 192 gramm keladi.

  1. Apple ikki karra zum, deya aldaganmidi?

Joriy yildagi ayfonlarning ikkita kattasi uch modulli, iPhone 11 esa qo‘sh datchikli bosh kameraga ega. Kompaniya taqdimot marosimida ularning ikki karralik zumga ega ekanini ta’kidlagan, ammo bu funksiya uchun kameraning uchinchi sensorigina javobgar. Standart iPhone 11 modelida esa u yo‘q va yaqinlashtiruv optik emas, balki faqat raqamli usulda amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Terashop.uz internet-do‘konimizda turli rusumlardagi iPhone’larni 3 760 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: iPhone haqida eng keng tarqalgan oltita aldov

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!