iPhone 11'ning Galaxy Note 10'dan ustun ikki jihati

iPhone 11'ning Galaxy Note 10'dan ustun ikki jihati

Samsung o‘z qurilmalariga raqiblar smartfonlarida yo‘q jihatlarni qo‘shishni yaxshi ko‘radi. Kripto hamyon kerakmi? Samsung sizga yordamga shay. Smartfonda audio jek bo‘lishi muhimmi? Samsung Galaxy sotib oling. Yaxshimi, yomonmi, har doim doim koreyslarning qurilmalarida hammaga ma’qul keluvchi jihatlar bo‘lishiga ishonsangiz bo‘ladi. Biroq Galaxy Note 10'ga kelib o‘ta keskin o‘zgarishlar qilindi.

Flagmanga qo‘shimcha xotira kartasini o‘rnatib bo‘lmaydi (kompaniya bunga akkumulyator sig‘imi kattaroq bo‘lishi uchun shunday qilinganini izoh qilib ko‘rsatgan). Note 9'da bo‘lgan audio jek ham yo‘q. Bu o‘zgarish Samsung'dagilar konnektor va portlar borasida Apple'ning yo‘lini tutishni boshlaganini ko‘rsatmoqda. Narxi borasida ham Note 10 va XS'lar bir-biriga o‘xshash. Bu ikki smartfonning farqli tomonlari kamroq bo‘lgani uchun ulardan qay birini tanlash ham qiyin masala.

Samsung'dagilarning foydalanuvchilar afzal bilgan jihatlarga "alvido deyishi" o‘zini qanchalik oqlashini faqat vaqt ko‘rsatadi. Lekin bu o‘zgarishlar Apple'ning iPhone 11'iga qanchalik ta’sir qila oladi? Kupertinodagilar keyingi oy taqdim qiladigan mahsulot Galaxy Note 10'dan qanchalik farq qiladi? Yoki ikki kompaniya telefonlari o‘rtasidagi o‘xshashlik yana davom etadimi?

Oflayn, ishonchli va takomillashtirilgan Siri

Sun’iy ongli yordamchi samaradorligini o‘lchashning aniq mezonlari mavjud emas. Lekin ko‘pchilik mutaxassislar va foydalanuvchilar bir xil: Google Assistant har doim boshqalardan ko‘ra yaxshiroq yordamchi ekanligi haqidagi fikrda bo‘lsa kerak.

Siri yaqin kelajakda Google'ning Assistant'idan o‘tib ketishi ehtimoli mavjud emas — bu borada Google Apple ustidan juda katta afzallikka ega. Lekin Siri Samsung'ning unchalik ham muvaffaqiyatli chiqmagan Bixby'sini yer tishlata oladi. Yordamchisini takomillashtirish uchun Apple'dagilar radikal o‘zgarish qilishi shart emas. Bir-ikkita "pardozlash ishlari" bilan mijzoning Siri bilan amaliyotida katta o‘zgarish qilish hamda iPhone foydalanuvchilariga raqiblarda bo‘lmagan imkoniyatlarni yaratib berish mumkin.
 
Masalan, Siri'ni ishga tushirish uchun "hey Siri" deyish o‘rniga o‘ziningga ma’qul so‘zni sozlab, yordamchini ishga tushirishingiz mumkin. Bu esa uyingizda Siri'ga ega bir nechta qurilma bo‘lgan holda chalkashliklarni oldini olishda qo‘l keladi. Xuddi shunday, oflayn rejimning mavjudligi internet aloqasi yaxshi bo‘lmagan yoki umuman mavjud bo‘lmagan taqdirda ham ko‘proq buyruqlarni amalga oshira olish imkonini yaratadi. Oflayn funksiyanallik mavjudligining afzallik tomonlaridan yana biri qurilmadan nisbatan xavfsiz va maxfiy holda foydalana olishning imkoni mavjudligidir. Apple, Google, Amazon va Microsoft'lar ovozli yordamchilardan olingan audiolarni inson shartnomachilarga eshittirgani haqidagi yaqindagi xabarlardan yaxshi boxabar bo‘lsangiz kerak, albatta.

eSIM'ga o‘tish

Ma’lum bir hududdagina ishlovchi ikkita SIM karta uchun mo‘ljallangan uyaga ega qurilmalar ishlab chiqaruvchilaridan farqli o‘laroq, Apple va Google ayni damda G‘arb bozorlarida eSIM (elektron SIM karta) amaliyotiga o‘tayotgan barmoq bilan sanoqli gigant kompaniyalardandir.

Buning yaxshi tomoni nimada? Oldimizda, xizmatlari narxiga qarab, bir operatordan boshqasiga osongina o‘tish imkoni mavjud bo‘lgan, ko‘pchilikka yoqib tushaduvchi istiqbol turibdi (balkim, bungacha hali ancha vaqt bordir). Bunday imkoniyat sayohat qilayotganingizga, ayniqsa, qo‘l keladi, chunki bu opertorlar o‘rtasida raqobatni kuchaytirib, narxlarning arzonlashuviga sabab bo‘ladi. Bunga qo‘shimcha, moddiy SIM kartani qurilmangizdan chiqarib, yangisini solish kabi keraksiz jarayon, undan ham, raqamingizni almashtirish bilan yuzaga keladigan boshog‘riqlar ham bo‘lmaydi.

Bunday yangilikning amalga oshishi uchun ushbu texnologiyani biror bir kompaniya rivojlantirishni hamda (bunga qarshi ba’zi) operatorlarga ham turtki berilishi talab qilinadi. Apple Pay, Apple TV va yangi Apple Card texnologiyalari misolida Apple, yangi bir texnologiyani rivojlantirish uchun bir necha kompaniyani bir yoqadan bosh chiqarishga chaqira olishi yoki ular bilan yangi platrformalar borasida hamkorlik qila olishini ko‘rsatib berdi. Bundan chiqdi, revolyusion eSIM konsepsiyasi borasida ham Apple xuddi shunday tashabbusni amalga oshira oladi.

O‘QING: Apple o‘zining shaxsiy film va seriallariga 6 mlrd dollardan ortiq pul sarfladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.