iPhone 12 chiqqach, dunyodagi eng ommabop smartfon yanada arzonlashadi!

  •   DiMaX
  •  2634
  •  22.08.2020 14:12

iPhone 12 chiqqach, dunyodagi eng ommabop smartfon yanada arzonlashadi!

Apple korporatsiyasi kuni kecha iPhone 12 turkumidagi smartfonlarining taqdimot sanasini bilmasdan oshkor etib qo‘ygan edi. Ko‘pchilikni yana bir masala qiziqtiradi: yangi avlod ayfonlar chiqqach, oldingilarining taqdiri nima bo‘ladi?

O‘QING: iPhone 12 hatto iPhone SE 2’dan ham ixcham, iPhone 11’dan ham arzon bo‘ladi! (+video)

Kupertinolik kompaniya odatda har yili yangi smartfonlarni bozorga chiqargach, eskilaridan ayrimlarining narxlarini pasaytiradi, ba’zilarini savdodan olib tashlaydi.

iAppleTimes resursi e’lon qilgan ma’lumotga ko‘ra, bu yilgi iPhone 12’lar sotuvga chiqqanidan so‘ng korporatsiya iPhone XR hamda iPhone 11 Pro modellarini savdodan oladi.

Quvonarli jihati – Apple yangi modellarini chiqarganida, iPhone 11 smartfonining narxini 549 dollargacha tushiradi. Uning bultur sentyabrda 699 dollarlik narx bilan taqdim etilganini hisobga olsak, farq yaxshigina ekanini payqaymiz.

Eslatib o‘tamiz, iPhone 11 modeli joriy yilning birinchi choragida umuman dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan smartfon bo‘lib, mazkur ko‘rsatkichni ikkinchi chorakda ham saqlab qola olgan.

O‘QING: Amerikaliklar eng ko‘p qaysi smartfonlarni xarid qilishyapti?