iPhone 12 hamda 12 Pro ichini ochib ko‘rishdi – deyarli farqi yo‘q ekan! (video)

  •   DiMaX
  •  1162
  •  24.10.2020 09:28

iPhone 12 hamda 12 Pro ichini ochib ko‘rishdi – deyarli farqi yo‘q ekan! (video)

Apple korporatsiyasi 23 oktyabrdan iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro smartfonlarini sota boshlagan. Biz ularning qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat ekanini e’lon qilganmiz. Shuningdek...

O‘QING: iPhone 12 xaridorlarini Apple qanday aldayapti? (+video)

Endi esa Xitoyning texnologiyalar yo‘nalishidagi Bilibili resursi bu ikki yangi ayfonning ichini ochib, qismlarga ajratib ko‘rsatdi. Unda ma’lum bo‘lishicha, iPhone 12 modelida ham, iPhone 12 Pro modelida ham deyarli barcha butlovchi qismlar bir xil ekan!

Xususan, ikkala smartfonda ham bir xil L-simon asosiy plata qo‘llangan; faqat standart iPhone 12 modelida lidar ulanadigan tirqish yo‘q – uning va teleob’yektivli kamera modulining o‘rni plastik bilan yopib qo‘yilgan.

O‘QING: iPhone 12 hamda 12 Pro testda nafaqat Android-smartfonlarga, balki hatto bulturgi ayfonlarga ham mag‘lub bo‘ldi!

Apple iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro modellari ochib ko‘rsatilgan lavhani quyida tomosha qilamiz:

Standart smartfonda va uning Pro-versiyasida bir xil butlovchi qismlarning qo‘llanishida bir yoqimli holat bor: ulardan birining ehtiyot qismlarini ikkinchisi uchun ham qo‘llash mumkin.

Zero, Apple ko‘pincha biror defekt sababli xaridorlardan qaytgan qurilmalarini qayta tiklab, sal arzonroq narxda sotadi. Biz bunaqa ayfonlarning ishonchli yoki yo‘qligi haqida kompaniya sobiq xodimining tavsiyasini e’lon qilganmiz. Shuningdek...

O‘QING: Qayta tiklangan iPhone’lar ishonchlimi? Apple sobiq xodimi aniqlik kiritadi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!