iPhone 12 hamda 12 Pro testda nafaqat Android-smartfonlarga, balki hatto bulturgi ayfonlarga ham mag‘lub bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  2118
  •  21.10.2020 17:47

iPhone 12 hamda 12 Pro testda nafaqat Android-smartfonlarga, balki hatto bulturgi ayfonlarga ham mag‘lub bo‘ldi!

Aksariyat smartfonsozlardan keyin, nihoyat, Apple korporatsiyasi ham ayfonlarini beshinchi avlod uyali aloqa standartiga moslab taqdim etdi. Lekin bu hol ularning avtonomligiga – batareyasining quvvati uzoq muddatga yetishiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatibdi.

O‘QING: Turli davlatlarda iPhone 12 Pro sotib olish uchun qancha vaqt ishlash kerak?

Nufuzli nashrlardan sanaluvchi Tom's Guide sayti iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro modellarining beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlaganida akkumulyatori qancha vaqtga yetishiga aniqlik kiritdi. Mutaxassislar buning uchun ularni Android tizimli ommabop 5G-smartfonlar hamda bulturgi ayfonlar bilan solishtirib ko‘rishdi.

Taqqoslash testida ikkita yangi ayfondan tashqari quyidagi modellar qatnashgan: iPhone 11, iPhone 11 Pro, Samsung Galaxy S20 5G, Galaxy S20 Plus 5G, OnePlus 8T 5G hamda Google Pixel 5. Bilamizki, bular orasida o‘n birinchi avlod ayfonlar 5G tarmog‘ida ishlay olmaydi; shu boisdan, ular bilan taqqoslash uchun iPhone 12 va iPhone 12 Pro modellarini faqat 4G tarmog‘ida ham alohida sinab ko‘rishgan.

Sinov shartlariga ko‘ra, to‘liq quvvatlangan smartfonlarda uzluksiz tarzda veb-sahifalarni ochishgan, toki zaryadi tugab o‘chib qolgunicha har 30 soniyada yangi sahifaga o‘tib ko‘rishgan.

O‘QING: 1000 dollarlik Galaxy S20+’ni mag‘lub etgan, o‘zi atigi 200 dollarlik smartfonni bilasizmi? («Jonli» test videosi)

Buni qarangki, iPhone 12 modelining 5G tarmog‘ida ishlash vaqti 8 soatu 25 daqiqaga teng bo‘lib chiqqan; bu esa iPhone 11 modelining 4G tarmog‘idagi avtonomligidan deyarli uch soatga kam. Lekin yangi ayfonni hatto 4G rejimida sinab ko‘rishganida ham uning avtonomligi iPhone 11’nikidan salkam bir soatga kam bo‘lib chiqqan!

iPhone 12 Pro flagmanining quvvati esa 5G tarmog‘ida 9 soatu 6 daqiqaga yetgan; bu ko‘rsatkich 4G tarmog‘idagi iPhone 11 Pro natijasidan 1 soatu 18 daqiqaga qisqa. iPhone 12 Pro modelini 4G rejimiga o‘tkazishganida, uning avtonomligi 1 soatga oshib, 11 soatu 24 daqiqaga yetgan.

Android-smartfonlar orasida (va umuman bu sinovda) g‘olib OnePlus 8T 5G flagmani bo‘lgan: uning ekranida kadr yangilanish chastotasini 60 gerslik (xuddi iPhone 12 va iPhone 12 Pro’dagi kabi) rejimga tushirganda, naq 10 soatu 31 daqiqa ishlagan!

O‘QING: iPhone 12 xaridorlarini Apple qanday aldayapti? (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!