iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro’ni ilk bor qadog‘idan olib ko‘ramiz! (Ikkita «jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1926
  •  20.10.2020 09:38

iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro’ni ilk bor qadog‘idan olib ko‘ramiz! (Ikkita «jonli» video)

Kupertinolik korporatsiya iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro smartfonlarining savdosini 23 oktyabrdan boshlaydi. Biz ularning qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat ekanini e’lon qilganmiz. Shuningdek...

O‘QING: iPhone 12 xaridorlarini Apple qanday aldayapti? (+video)

Bu ikki smartfon allaqachon do‘konlarga yetkazib berilgan va shu boisdan ularni «jonli» ko‘rsatuvchi ilk videolar ham tarqala boshladi. Shulardan birini mashhur tarmoq informatori – Ice Universe e’lon qilgan. Unda yap-yangi iPhone 12 Pro modelini qutisidan olib, korpusini har tomonidan ko‘rsatishgan:

Ko‘rib turganingizdek, korpusining atroflari tekisligi bilan u klassik iPhone 4 hamda iPhone 5 modellarini eslatsa, uchtalik kamerasi o‘tgan yilgi iPhone 11 Pro smartfoniga o‘xshaydi.

O‘QING: Ikkita rusumdagi iPhone arzonlashib, yana ikkitasi savdodan olib tashlandi

Bundan tashqari, allaqachon standart model – iPhone 12 smartfonini ham birinchi «jonli» videolavhada ko‘rsatishdi. Bunisida gadjetni har tomonlama yanada batafsil ko‘rishimiz mumkin:

Shuningdek, bu ikkinchi rolikda quloqchin va quvvatlagich olib tashlangan iPhone 12 qutisining qanchalik ixchamlashganiga ham guvoh bo‘lyapmiz.

Eslatib o‘tamiz, ushbu turkumdagi smartfonlar taqdim etilishi bilan ikkita kompaniya Apple ustidan kulgan edi. Xiaomi yangi ayfonlar jamlanmasida quvvatlagich yo‘qligini, Samsung esa raqibi endigina 5G-smartfon chiqarganini masxara qilgan. Keyinchalik ular safiga OnePlus ham qo‘shilib, kupertinoliklarni kalaka qilgan.

O‘QING: AnTuTu’da tekshirib ko‘rilgan iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro hafsalani pir qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!