iPhone 12 jamlanmasi, ayniqsa narxi sizni xursand qilmaydi

  •   DiMaX
  •  2242
  •  28.08.2020 09:56

iPhone 12 jamlanmasi, ayniqsa narxi sizni xursand qilmaydi

Apple kompaniyasi iPhone 12’lar qadog‘idan oddiy – simli EarPods quloqchinini olib tashlayotgani haqida yozgan edik. Lekin uning ziqnaligi hali bu bilan ham tugamas ekan – ayfonlar jamlanmasida quvvatlash adapteri bo‘lmas ekan va Apple’ning o‘zi boshqacha yo‘l bilan tasdiqlagan.

O‘QING: Insayder quloqchinsiz va quvvatlagichsiz iPhone 12 qadog‘ini videoda ko‘rsatdi

Demak, iPhone 12 turkumidagi modellarning qadog‘ida faqat smartfonning o‘zi, hujjatlari va Lightning kabeli qoladi, xolos. Shunga qaramasdan, kupertinoliklar yangi ayfonlarga baribir yuqori narx belgilashyapti, deyishmoqda insayderlar.

Jumladan, bazaviy modeldagi iPhone 12 narxi 699 dollardan 749 dollargacha bo‘lishi mumkin. Apple iPhone 12 Pro Max esa boshlang‘ich konfiguratsiyada 1149–1199 dollarga taklif etiladi. Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak, boshlang‘ich konfiguratsiyada bulturgi iPhone 11 modeli 699 dollarga, a iPhone 11 Pro Max esa – 1099 dollarga baholangan edi.

Biroq bu yilgi ayfonlarning afzalliklarini ham e’tirof etib o‘tish kerak. Masalan, beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashi, yangilanish chastotasi 120 gerslik ProMotion displeyi, lazerli lidar (LiDAR) datchigi kabilar.

Biz kuni kecha iPhone 12 birinchi marta ishlatib ko‘rsatilgan «jonli» videoni ulashgan edik. Shuningdek, yangi avlod ayfonlar chiqqach, dunyodagi eng ommabop smartfon yanada arzonlashadi!

O‘QING: Endi bor-yo‘g‘i 350 dollarga yap-yangi iPhone olish mumkin bo‘ladi!