iPhone 12: «jonli» suratlar Apple fanatlarining hafsalasini pir qildi!

  •   DiMaX
  •  3440
  •  27.07.2020 11:04

iPhone 12: «jonli» suratlar Apple fanatlarining hafsalasini pir qildi!

Apple korporatsiyasi iPhone 12 turkumidagi smartfonlarini qachon taqdim etishi allaqachon aytilgan. Lekin bu ayfonni kutayotganlar unchalik quvonishmasa ham bo‘lar ekan...

O‘QING: Insayder quloqchinsiz va quvvatlagichsiz iPhone 12 qadog‘ini videoda ko‘rsatdi

Xitoyliklar yangi ayfon ekranining «jonli» rasmini e’lon qilishdi; u iPhone 12 qismlarini ishlab chiqaruvchi zavodda tushirilgan. Ekranda birinchi bo‘lib ko‘zga tashlanadigani – old kamera tizimi uchun displeyda ulkan kemtik mavjudligidir.

Apple haliyam uch yil avvalgi iPhone X dizaynini qo‘llab kelayotgani tushunarsiz. Boshqa smartfonsozlar esa allaqachon ekrndagi kemtikni tomchisimon ko‘rinishgacha qisqartirgan, ko‘pchiligi kemtik o‘rniga tirqishli displey qo‘llayapti. Hattoki ayrimlar ekranning tagida ko‘rinmas selfi-kamera tayyorlab ulgurishgan!

O‘QING: Android’ning umuman keragi yo‘q: Harmony OS va «yashirin kamera»li Huawei Mate 40’ni ilk bor «jonli» ko‘ramiz!

O‘tgan haftada SafetyKorea regulyatori ma’lumotlari asosida iPhone 12 Pro modelining «jonli» rasmlari e’lon qilingan edi.

Unga ko‘ra, mazkur flagman batareyasi 2775 mA/soatlik tok sig‘imiga ega. Holbuki, boshqa smartfonsozlar allqachon ancha sig‘imdor akkumulyatorlar qo‘llashga o‘tib ketishgan.

O‘QING: Atigi 130 dollarga batareyasi naq 8000 mA/soatlik, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon chiqdi! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.