iPhone 12 kechikkani tufayli Apple naq 100 milliard dollar yo‘qotdi!

  •   DiMaX
  •  633
  •  31.10.2020 13:45

iPhone 12 kechikkani tufayli Apple naq 100 milliard dollar yo‘qotdi!

Apple korporatsiyasi har yili smartfonlar taqdimotini sentyabr oyida o‘tkazar edi, bu yil esa naq bir oyga kechikdi. Bu esa uchinchi chorak davomida iPhone’lar sotuvi keskin pasayib ketishiga olib keldi.

O‘QING: Turli davlatlarda iPhone 12 Pro sotib olish uchun qancha vaqt ishlash kerak?

Interbrand yaqinda e’lon qilgan jahondagi eng qimmatbaho brendlar reytingida Apple yetakchi – o‘tgan bir yil ichida u 38 foizga qimmatlab, narxi 323 mlrd dollarga yetgan. Lekin kuni kecha kupertinolik korporatsiya moliyaviy hisobotini e’lon qilgach, uning aksiyalari narxi 5 foizga pasaydi, deb yozadi Reuters. Natijada esa kompaniyaning bozor qiymati 100 milliard dollarga pasayib ketgan.

Bularning barchasiga koronavirus tufayli iPhone’larning kechikkani va ojatdagidek sentyabrda namoyish etilmagani sababchi, deyishmoqda ekspertlar. Zero, har yili uchinchi chorak yakunlanmasidan oldin yangi ayfonlar chiqar va savdo hajmi keskin ortib ketar edi.

Bu gal bo‘lsa iPhone 12 turkumi smartfonlarining taqdimoti ham, sotuvga chiqishi ham bir oyga surildi. Buning oqibatida hatto Xiaomi tarixda ilk bor Apple’ni quvib o‘tib, 3-raqamli smartfonsozga aylandi!

Xullasi kalom, 2020 yilning uchinchi choragida iPhone savdosi 20,7 foizga pasayib, 26,4 milliard dollarga tushib qolgan. Shunday bo‘lsa-da, Mac kompyuterlari va AirPods quloqchinlarining savdosi bu davrda ancha o‘sgan. Natijada Apple umumiy daromadi va sof foydasi kutilganidan ancha yaxshi bo‘lgan.

O‘QING: Turli davlatlarda iPhone 12 Pro sotib olish uchun qancha vaqt ishlash kerak?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!