iPhone 12 mini: eng kichkina 5G-smartfonning katta nuqsoni topildi

  •   DiMaX
  •  2341
  •  10.11.2020 17:52

iPhone 12 mini: eng kichkina 5G-smartfonning katta nuqsoni topildi

2020 yilning 13 noyabridan yana ikki ayfon: iPhone 12 mini hamda iPhone 12 Pro Max sotuviga start beriladi. Reliz arafasida bu smartfonlarning tafsilotlari, xususan, kamchiliklari (iPhone 12 mini) ham ochiqlanmoqda, deb yozmoqda Xabar.uz.

O‘QING: iPhone 12 mini hamda iPhone 12 Pro Max modellarini ilk «jonli» videoda boshqa ayfonlar bilan taqqoslab ko‘ramiz!

Ekranining o‘lchami 5,4 dyuymlik iPhone 12 mini smartfoni – Apple bu yil taqdim etgan flagmanlarning eng kichkinasi. Bu ayfonning aybi – ixchamligida, shuning uchun ham avtonom ishlash davri cheklangan (ajralmas akkumulyatori hajmi kichik).

Sharhlovchilarga ko‘ra, juda faol ishlatilmasa, mini ayfon quvvatni bir kunga ushlab beradi. Bu borada uning ahvoli, iPhone SE (2020) modelini istisno qilganda, barcha ayfonlarnikidan yomon.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone 12 mini bir quvvatlanishda 15 soatgacha tinmay video ko‘rishga yaraydi. Solishtirish uchun: oddiy iPhone 12’da – 17 soat, 12 Pro Max’da esa – 20 soat to‘xtovsiz video ko‘rish mumkin.

O‘QING: Quvvati eng uzoq vaqtga yetuvchi 15 smartfon bilan tanishing

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!