iPhone 12 mini ham tayyor: bu qanaqa model bo‘ldi?

  •   DiMaX
  •  2004
  •  22.09.2020 10:45

iPhone 12 mini ham tayyor: bu qanaqa model bo‘ldi?

Apple o‘zining turli qurilmalari nomida «mini» qo‘shimchasini ishlatishi bilan ham mashhur: iPod mini, Mac mini va iPad mini. Insayderlarning xabarlariga ko‘ra, bu yil endi ayfonning ham «mini»si chiqadi.

O‘QING: Apple sir tutayotgan innovatsion gadjetni «jonli» videoda ko‘ramiz!

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kupertinoliklarning o‘n ikkinchi avlod smartfonlari turkumiga to‘rtta model kiradi va ular quyidagicha nomlanadi:

  1. iPhone 12 mini (5.4 dyuymlik)
  2. iPhone 12 (6.1 dyuymlik)
  3. iPhone 12 Pro (5.8 dyuymlik)
  4. iPhone 12 Pro Max (6.7 dyuymlik)

Biz uchun yangilik bo‘lgani – iPhone 12 mini modeli, nomidan ham anglashilib turganidek, eng ixcham ayfon bo‘ladi. Qolgan barcha parametrlariga ko‘ra u standart iPhone 12 bilan bir xil, deyishmoqda.

Ta’kidlash kerakki, bu – rasmiy xabar emas, balki insayderlar tomonidan chiqarilgan ko‘plab ma’lumotlardan biridir. Aslida esa iPhone 12 turkumidagi smartfonlarning qanday nomlanishini keyingi oyda bo‘ladigan taqdimotdagina aniq bilib olamiz.

O‘QING: iPhone 12 Pro Max xususiyatlari va kuchini AnTuTu fosh etdi: uyat, Apple, uyat!..

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!