iPhone 12 mini hamda iPhone 12 Pro Max modellarini ilk «jonli» videoda boshqa ayfonlar bilan taqqoslab ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  2614
  •  06.11.2020 15:48

iPhone 12 mini hamda iPhone 12 Pro Max modellarini ilk «jonli» videoda boshqa ayfonlar bilan taqqoslab ko‘ramiz!

Apple’ning yangi smartfonlari – iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro allaqachon birinchi xaridorlarga yetib borgan va ularning turli testlarini e’lon qilib kelmoqdamiz. Avtonomlik sinovida ular nafaqat Android-smartfonlarga, balki hatto bulturgi ayfonlarga ham mag‘lub bo‘lganedi. Shuningdek, Antutu benchmarkining yangi reytingida ular hatto kuchli beshtalikka ham kira olmagan. Bulardan tashqari...

O‘QING: iPhone 12’lar geymerlarga yoqmaydi: o‘yin, internet va video uchun eng zo‘r smartfonlar (uchta reyting)

Bugun – 6 noyabrdan esa ushbu turkumning yana ikkita vakili, ya’ni iPhone 12 mini hamda iPhone 12 Pro Max uchun ham avvaldan buyurtma ochilgan. Bu ikki ayfonning ochiq savdosi esa 13 noyabrdan boshlanadi.

Internetda esa allaqachon bu ikki ayfon aks ettirilgan ilk videoroliklar tarqala boshladi. Shulardan birida bu ikki modelni Apple’ning boshqa smartfonlari bilan solishtirib ko‘rsatishgan va asosiy xususiyatlarini aytib o‘tishgan.

Garchi video ingliz tilida izohlangan bo‘lsa-da, har bir modelning nomi va boshqa kerakli ma’lumotlar subtitrlarda ko‘rsatilgan, shu bois anglab olish uncha qiyinchilik tug‘dirmaydi:

Aytish kerakki, 6,7 dyuymlik displeyga ega bo‘lgan iPhone 12 Pro Max modeli umuman Apple tarixidagi eng yirik smartfondir. iPhone 12 mini bo‘lsa hozir dunyodagi eng ixcham 5G-smartfon ekanligi bilan e’tiborga loyiq.

Eslatib o‘tamiz, biz iPhone 12 turkumidagi to‘rtta smartfonning asosiy xususiyatlari va o‘zaro farqlarini e’lon qilganmiz. Shuningdek, ularning qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat ekanligi, turli davlatlarda iPhone 12 Pro sotib olish uchun qancha vaqt ishlash kerakligi ham ma’lum.

O‘QING: iPhone 12’larning nurlanish darajasi e’lon qilindi – kutilmagan bittasi eng xavflisi ekan!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!