iPhone 12 mini ilk «jonli» videoda: uni iPhone 12 bilan taqqoslab ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  972
  •  29.10.2020 17:52

iPhone 12 mini ilk «jonli» videoda: uni iPhone 12 bilan taqqoslab ko‘ramiz!

14 oktyabrga o‘tar tunda Apple korporatsiyasi iPhone 12, iPhone 12 Pro, iPhone 12 mini hamda iPhone 12 Pro Max smartfonlarini namoyish qildi. Bulardan dastlabki ikkitasi savdoga ham chiqqan, biz esa to‘rtalasining asosiy xususiyatlari va o‘zaro farqlarini e’lon qilganmiz. Shuningdek...

O‘QING: iPhone 12’lar qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat?

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, to‘rtovlonning eng mittisi – iPhone 12 mini hamda eng yirigi – iPhone 12 Pro Max uchun oldindan buyurtma berish keyingi juma kuni, ya’ni 6 noyabrdan ochiladi. Shu paytgacha bu ikkalasining «jonli» rasmlari ham internetga chiqmagan edi, bugun esa kichkintoy ayfonning to‘liq videotavsifi paydo bo‘ldi.

Ruminiyalik bloger Jorj Buxnichi allaqachon iPhone 12 mini smartfonini olgan va uni standrat iPhone 12 modeli bilan qiyoslab katta videorolik tayyorlagan. Marhamat, uni o‘zingiz ko‘rib baho bering:

Eslatib o‘tamiz, iPhone 12 mini korpusining o‘lchami 131,5x64,2x7,4 millimetrlik bo‘lib, 133 gramm tosh bosadi. Ayni damda u beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi dunyodagi eng ixcham va yengil telefon bo‘lib turibdi. Shuningdek, biz 2020 yilning birinchi yarmida eng ko‘p sotilgan 5G-smartfonlar reytingini ham chiqarganmiz.

O‘QING: iPhone 12 mini’ga munosib raqibni... Redmi chiqarmoqchi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!