iPhone 12 mini rekordini faqat hali chiqmagan Galaxy S21 sindirishi mumkin!

  •   DiMaX
  •  1203
  •  09.11.2020 12:38

iPhone 12 mini rekordini faqat hali chiqmagan Galaxy S21 sindirishi mumkin!

Apple’ning yangi smartfonlari – iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro allaqachon xaridorlarga yetib borgan. Ushbu turkumdagi iPhone 12 mini va iPhone 12 Pro Max uchun esa 6 noyabr kuni avvaldan buyurtma ochilgan; ularning ochiq savdosi bo‘lsa 13 noyabrdan boshlanadi.

O‘QING: iPhone 12 mini hamda iPhone 12 Pro Max modellarini ilk «jonli» videoda boshqa ayfonlar bilan taqqoslab ko‘ramiz!

Bu ikki qurilmaning biri tarixdagi eng yirik ayfon bo‘lsa, ikkinchisi hozir dunyodagi eng ixcham 5G-smartfon hisoblanadi. Ice Universe niki bilan mashhur bo‘lgan insayder ularning muhandislik chizmalarini ulashdi.

 

Chizmalarga ko‘ra, iPhone 12 mini modeli ekranining pastki romi eng ixcham smartfon bo‘lgan. Uning displeyi ostidagi ramka qalinligi atigi 3,27 millimetrga teng; qolgan uchta yangi ayfonda esa bu ko‘rsatkich 3,47 millimetrni tashkil etadi.

 

Ice Universe ta’kidlashicha, eng ixcham yangi ayfonning ushbu rekordini yaqin orada Samsung Galaxy S21 sindirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, biz iPhone 12 turkumidagi to‘rtta smartfonning asosiy xususiyatlari va o‘zaro farqlarini e’lon qilganmiz. Shuningdek, ularning qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat ekanligi, turli davlatlarda iPhone 12 Pro sotib olish uchun qancha vaqt ishlash kerakligi ham ma’lum.

O‘QING: iPhone 12’larning nurlanish darajasi e’lon qilindi – kutilmagan bittasi eng xavflisi ekan!