iPhone 12 mini’ga munosib raqibni... Redmi chiqarmoqchi!

  •   DiMaX
  •  2087
  •  20.10.2020 17:40

iPhone 12 mini’ga munosib raqibni... Redmi chiqarmoqchi!

Apple korporatsiyasi iPhone 12 va iPhone 12 Pro smartfonlarini shu haftadayoq sotuvga chiqaradi, iPhone 12 mini hamda iPhone 12 Pro Max savdosi esa noyabrga qoldirilmoqda. Biz ularning asosiy xususiyatlari va o‘zaro farqlarini e’lon qilganmiz. Shuningdek...

O‘QING: iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro’ni ilk bor qadog‘idan olib ko‘ramiz! (Ikkita «jonli» video)

Hozirda ekranining o‘lchami diagonaliga 6 dyuymdan kam bo‘lgan smartfonni topish qiyin. iPhone 12 mini modeli esa shulardan biridir – uning displeyi 5,4 dyuymlik o‘lchamda, korpusi ham ixcham. Ayni shu jihatlari tufayli ham u eng xaridorgir smartfonlardan biri bo‘lishi mumkin.

Bu tomondan unga raqobat hosil qila oladigan smartfonni esa Redmi brendi taqdim etishi mumkin. Xiaomi vitse-prezidenti hamda ushbu arzonchi brendi yetakchisi Lu Veybing (Lu Weibing) bu haqda Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida so‘z yuritgan.

Redmi top-menejerining ta’kidlashicha, kompaniya ixcham smartfon namoyish qilishni anchadan beri istamoqda. Lekin bunday gadjetda akkumulyator ham kam sig‘imli bo‘lib, qurilmaning avtonomligi pasayadi, deydi u.

Lu Veybing odatda yangi smartfonlar taqdimotlari arafasida shunday shama bilan chiqishlar qilib kelmoqda. Shunga qaraganda, yaqin orada ixcham Redmi smartfoni namoyish etilsa ajabmas.

O‘QING: iPhone 12 xaridorlarini Apple qanday aldayapti? (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.