iPhone 12 Pro bu testda Xiaomi va Huawei flagmanlariga yengildi!

  •   DiMaX
  •  1355
  •  14.11.2020 14:45

iPhone 12 Pro bu testda Xiaomi va Huawei flagmanlariga yengildi!

Apple smartfonlari anchadan beri DxOMark reytinglarida oliy o‘rinlarni olmay qo‘ygan. iPhone 12 Pro ham bundan mustasno emas ekan – kuchli uchlikka kira olmadi.

O‘QING: DxOMark’ning biryo‘la ikkita reytingini fath etgan yangi qirol bilan tanishing!

iPhone 12 Pro fotosurat olish imkoniyatlariga ko‘ra 135 ball olgan bo‘lsa, videoga tushirish borasida 112, zum imkoniyatlari bo‘yicha esa 66 ballik natija ko‘rsatdi.

Yakuniy natijasiga ko‘ra yangi flagman 128 ballga baholandi, bu esa DxOMark reytingida shu paytgacha eng yuqori natija ko‘rsatgan Apple smartfoni – iPhone 11 Pro Max ko‘rsatkichidan 4 ballga oshiq.

O‘QING: Eng qimmat Samsung flagmani ham DxOMark reytingida uni sharmanda qildi – Xiaomi, Vivo, Honor, Huawei va Oppo smartfonlaridan pastda!

Shunday qilib, DxOMark servisining kamera testi reytingida iPhone 12 Pro atigi to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Bu ro‘yxat yetakchisi – Huawei yaqinda namoyish qilgan flagman – Mate 40 Pro bo‘lsa, uning yana bir vakili – Huawei P40 Pro kuchli uchlikni yakunlagan. Bu ikkalasining orasidan Xiaomi kompaniyasi 11 avgust kuni taqdim etgan yubiley superflagmani – Mi 10 Ultra modeli joy olgan.

iPhone 12 Pro flagmanining to‘liq texnik xususiyatlarini mana bu yerda taqdim etganmiz. Smartfonning kamera testi bo‘yicha DxOMark’ning batafsil hisoboti bilan qiziquvchilar ushbu havola orqali tegishli (ingliz tilidagi) sahifaga o‘tishlari mumkin.

O‘QING: «Jonli» test videosi: «operativka»ci 12 gigabaytlik Galaxy Note 20 Ultra kuchlimi, yoki 6 gigabaytlik iPhone 12 Pro?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!