iPhone 12 Pro haqida mish-mishlar tarqalishda davom etmoqda

iPhone 12 Pro haqida mish-mishlar tarqalishda davom etmoqda

iPhone 12'ning kamerasi o‘ziga xos bo‘ladi. To‘g‘ri, iPhone 11 Pro'ning uch linzali modulidan hech qanday nolish yo‘q, ammo S20 Ultra'ning 108MP va Space Zoom bilan jihozlangani Apple'ga haqiqiy turtki bo‘ladi.

Taniqli insayder Maks Uaynbax YouTube'chi EverythingApplePro'ga yangi iPhone borasidagi sirlarni ochiqladi.

iPhone 6S'dan boshlab o‘z smartfonlarida 12 megapiksel rezolyusiyadan foydalanib kelgan kupertinoliklar navbatdagi iPhone'ning asosiy kamerasi sifatida 64MPlik linzadan foydalanadi. Bu 48MP kameradan foydalanuvchi Galaxy S20 va S20 Plus'lardan kattaroq bo‘lsada, baribir S20 Ultra'ning 108 megapikselidan ortda qoladi.

iPhone 12 Pro kamera takomillashuvlari

Uaynbaxning aytishicha, iPhone 12 Pro'da ham uch kamerali modul saqlab qolinadi, ammo parvoz vaqti (ToF) sensori qo‘shimcha qilinadi. Bu haqida oldin ham mish-mishlar tarqalgandi va mana endi ular o‘z tasdig‘ini topdi. ToF sensori bilan iPhone 12 Pro endilikda yaxshiroq portretlar yarata oladi va to‘ldirilgan reallik ilovalarini ham yaxshiroq qo‘llab-quvvatlaydi.

Ayni damda faqatgina asosiy linzada mavjud bo‘lgan Tungi rejim funksiyanalligi ham kengaytiriladi. Ta’kidlanishicha, telefoto va ultrakeng linzalar Kamera ilovasining past yorug‘lik rejimidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi va bu ularning funksionalligini kengaytiradi.

Ultrakeng burchakli kamera past yorug‘likda yanada yaxshiroq ishlab, apertura hajmi f/1.8 dan f/1.6 gacha ko‘tariladi. Bu esa kameraning yorug‘lik o‘tkazish sig‘imini kengaytiradi hamda yorqinroq tasvirlar hosil qilish imkonini yaratadi.

Uaynbax ma’lum qilgan boshqa jihatlar qatoriga Apple «Smart HDR» deb atashni rejalashtirayotgan takomillashtirilgan HDR rejimi ham kiradi.

iPhone 12 Pro Max: kattaroq sig‘imli akkumulyator

iPhone 12 Pro Max'ga 4 400 mA/soatlik akkumulyator o‘rnatilishi kutilmoqda, bu esa iPhone 11 Pro Max'dagiga qaraganda 400 mA/soat ko‘p demakdir.

Yana aytilishicha, Apple o‘z smartfonlariga 120Hz yangilanish chastotasiga ega displey qo‘yishi va 5G modem o‘rnatishi mumkin.

O‘QING: «Jonli» video: iPhone’larga endi Android o‘rnatish mumkin!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.