iPhone 12 Pro Max dizayni bilan renderlarda tanishamiz

iPhone 12 Pro Max dizayni bilan renderlarda tanishamiz

Apple o‘zining keyingi avlod iPhone'larini sentyabr oyida taqdim qilishi kutilayotgan bo‘lsa-da, qurilmalar dizayni allaqachon tayyor bo‘lgani yoki deyarli tayyor ekanligi aytilmoqda. Internetda iPhone 12 Pro Max'ning kompyuter yordamida yaratilgan render tasvirlari ham tarqalib ulgurdi.

Tasvirlardan dizayn borasidagi ko‘plab o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin, lekin shuni yodda tutish kerakki, bu renderlar 70% to‘liq xolos. Orqa kamera joylashuvi va old paneldagi hoshiyalar dizayni to‘lig‘icha yakuniga yetkazilmagan.

Renderlar ko‘rsatib turgan boshqa jihatlar esa to‘g‘ri bo‘lishiga ishonch bor. Yangi avlod iPhone'lari iPad Pro dizayniga ega bo‘lishi haqida mish-mishlar tarqalgandi, bu rasmlar shunga mos keladi. Bir tomondan, yangi dizayndagi keyingi avlod iPhone'lari iPhone 5s'ga ham o‘xshab ketadi.

Displey hoshiyalari ham ancha ingichka — hozirgi iPhone'larnikidan 0.9 mm ingichka. Selfi kamera tiqishi esa OnePlus 6'nikidan birozgina kengroq bo‘lishi aytilmoqda. Ekran diagonali 6.7 dyuym bo‘lishi kutilmoqda.

To‘rt linzali orqa kamera modulida LiDAR datchigi ham bo‘ladi. Lekin modulning joylashuv o‘rni hali ham aniq emas. Karnaylar ham o‘zgacha tus oladi, dinamiklar 10—15% balandroq ovoz chiqarish imkoniga ega bo‘ladi.

Yana bir marta ta’kidlab o‘tmoqchimizki, ushbu renderlar tugallanmagan. Dizayn borasida o‘zgarishlar bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas. Tafsilotlar uchun bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: iPhone SE (2020), iPhone SE, iPhone 11, iPhone XR va iPhone 8'larni bitta joyda taqqoslaymiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.