iPhone 12 Pro Max navbatdagi testdan muvaffaqiyatli o‘tdi va naq 10 ta rekordni yangiladi

iPhone 12 Pro Max navbatdagi testdan muvaffaqiyatli o‘tdi va naq 10 ta rekordni yangiladi

Barcha iPhone 12 modellari sotuvga chiqib, ham xaridorlar, ham tavsifchilar qo‘liga yetib bordi. DisplayMate mutaxassislari esa tezkorlik bilan iPhone 12 Pro Max smartfonining 6.7 dyuymlik Super Retina XDR OLED panelini sinovdan o‘tkazib ko‘rishdi.

Natijalar barcha yo‘nalishlar bo‘yicha a’lo darajada. iPhone 12 Pro Max 10 ta rekordni yangilagan eng yirik iPhone bo‘ldi. Smartfon eng yuqori A+ (ya’ni  5+) darajasi va 0,9 JNCD mukammal rang aniqligiga loyiq ko‘rildi. Tasvir kontrasti aniqligi va intensivlik shkalasi aniqligi ham eng yuqori darajada ekani aytilmoqda.

Yangi XDR OLED displeyi har qanday OLED displeydagi eng yuqori to‘liq oq ekran yorqinligiga ega — 825 nit. HDR kontent yorqinligi 1,200 nitgacha chiqishi mumkin.

Panelning nurlanish darajasi ham eng past — 4,8 foiz. Ekran, shuningdek, 30 daraja burchak ostida qaralganda 27% ko‘rish burchagi bilan eng kichik tafovutga ega.

Quyida iPhone 12 Pro Max displeyi tomonidan qayta takrorlangan yoki yangilangan rekordlarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

•Eng yuqori absolyut rang aniqligi (0.9 JNCD) — mukammaldan farq qilmaydi.

•Eng yuqori tasvir kontrasti va intensivlik shkalasi aniqligi (2.19 Gamma) — mukammaldan farq qilmaydi.

•Rasm tarkibidagi APL (0,2 JNCD) bilan ranglarning aniqligi va intensivlik shkalasidagi eng kichik siljish — mukammaldan farq qilmaydi.

•APL (0,00 Gamma) tasvir kontrasti bilan tasvir kontrasti va intensivlik shkalasidagi eng kichik siljish — mukammaldan farq qilmaydi.

•Tasvir kontenti APLi bilan eng yuqori nurlanishning eng kichik o‘zgarishi (1 foiz) — mukammaldan farq qilmaydi.

•OLED smartfonlari uchun to‘liq ekran yorqinligi (100% APL uchun 825 nit).

•Atrof yorug‘ligida to‘liq ekran kontrastining eng yuqori darajasi (APL 100% da 172).

• Eng past ekran kontrasti (4,8 foiz).

• Ko‘rish burchagi bilan eng kichik yorqinlik o‘zgarishi (30 daraja 27%).

• Ko‘rinadigan eng yuqori ekran rezolyusiyasi 2.8K (2778x1284) - 4K smartfonda tiniqroq ko‘rinmaydi.

O‘QING: Apple iPhone 12 Pro Max va 12 mini qanchalik chidamli ekanini tekshirib ko‘rishdi (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!