iPhone 12 Pro’lar rekord hajmli «operativka»ga ega, lekin Samsung va Xiaomi flagmanlari...

  •   DiMaX
  •  4439
  •  15.01.2020 13:11

iPhone 12 Pro’lar rekord hajmli «operativka»ga ega, lekin Samsung va Xiaomi flagmanlari...

Apple joriy yilda tarixdagi eng yirik hamda o‘ta ixcham iPhone’larni chiqarishi ma’lum, ular orasida iPhone SE 2 modeli ham bor. Ming-Chi Kuo esa korporatsiya bu yil besh xil yangi ayfon, so‘ng esa «metall sovun» va iPhone SE 2 Plus ham taqdim etishini aytgan.

O‘QING: 2020 yilda Apple bunchalik ko‘p modellarda yangi iPhone’lar chiqarishini hech kim kutmagandi!

UBS kompaniyasi tahlilchilariga ko‘ra, bu yil sentyabrda Apple to‘rtta modelda yangi smartfon chiqaradi: 5,4 dyuymlik va 6,7 dyuymlik, yana ikkita 6,1 dyuymlik iPhone’lar. Ularning barchasi OLED-displeyga ega bo‘lib, kameralari hamda tezkor xotira hajmlariga ko‘ra farqlanadi.

Jumladan, ekranining o‘lchami diagonaliga 6,1 hamda 6,7 dyuymlik ayfonlarni manbalar hozirda tegishlicha iPhone 12 Pro va iPhone 12 Pro Max deb nomlashmoqda. Ayni shu ikki model Apple smartfonlari tarixida eng katta – 6 gigabaytlik «operativka»ga ega bo‘ladi.

Aytish kerakki, Android-smartfonlarda tezkor xotira hozirda 12 gigabaytgacha yetgan; tag‘in 16 gigabaytlik «operativka»li ikkita flagman haqida xabarlar tarqalgan. Bulardan biri Xiaomi korporatsiyasining Black Shark 3 5G geymerofoni bo‘lsa, ikkinchisi Samsung tayyorlagan Galaxy S20 Ultra modelidir.

O‘QING: Qoraqalpog‘istonlik onaxonga o‘g‘li oltin iPhone X hadya etdi (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.