iPhone 12 Pro’ning ilk «jonli» rasmlarini Apple’dan haydalgan xodim fosh etdi!

  •   DiMaX
  •  3802
  •  28.03.2020 11:50

iPhone 12 Pro’ning ilk «jonli» rasmlarini Apple’dan haydalgan xodim fosh etdi!

Apple bu yil kuzda o‘n ikkinchi avlod smartfonlarini namoyish qilishi kerak. Ushbu turkumga iPhone 12, iPhone 12 Pro hamda iPhone 12 Pro Max modellari kirishi kutilmoqda. Lekin...

O‘QING: iPhone 12’larni bu yil kutmay qo‘yavering!

Kupertinolik korporatsiya qanchalik sir tutmasin, baribir iPhone 12 Pro modelining haqiqiy surati internetga chiqib ketdi. Xitoylik manbalar e’lon qilgan quyidagi rasmga ko‘ra, Apple chindan ham unda displey kemtigidan voz kechyapti:

iPhone 12 Pro ekrani atrofida yupqagina rom mavjud, displey ustidagi hoshiyaga old kamera va boshqa tegishli datchiklar ham sig‘dirilgan.

O‘QING: 2020 yili chiqadigan iPhone 12 videoda: iPhone 4 dizaynli kelajak smartfoni

Shuningdek, ayfonning orqa paneli ham «jonli» suratda to‘liq ko‘rsatilgan: unda kvadrat blokdagi bosh kamera ko‘rinishi avval tarqalgan renderlardagi bilan bir xil. Undagi to‘rtinchi modul tasvirga olinayotgan sahna chuqurligini aniqlovchi ToF-kamera bo‘lib, to‘rtta datchikning qoq o‘rtasida fotochaqnoq o‘rnatilgan.

Bularni e’lon qilgan manbaning ta’kidlashicha, iPhone 12 Pro rasmlarini unga kupertinolik korporatsiyaning sobiq xodimi taqdim etgan. Yanayam qizig‘i – u aynan ma’lumotlarni tashqariga sizdirgani uchun Apple’dan haydalgan ekan.

O‘QING: Apple xodimlari ega bo‘lgan imtiyozlar hasadni uyg‘otadi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!