iPhone 12 Pro’ning keragi yo‘q – 95 dollarga uning klonini olish mumkin (+video)

  •   DiMaX
  •  4538
  •  02.07.2021 09:12

iPhone 12 Pro’ning keragi yo‘q – 95 dollarga uning klonini olish mumkin (+video)

Oukitel kompaniyasi avvalroq Xiaomi Mi CC9 Pro kamerofonidan zo‘r makrosurat oluvchi Oukitel C18 Pro modelini taqdim etgan. Batareyasi naq 8000 mA/soatlik, «o‘ldirib bo‘lmas» Oukitel WP5 Pro smartfonini esa u 130 dollardan sota boshlagan. Bulardan tashqari...

O‘QING: 100 dollarlik eng zo‘r smartfonni Oukitel tayyorladi: Helio P60, 4/64 GB xotira, FullHD+, kvadrokamera...

Xitoylik ushbu smartfonsoz endi Oukitel C21 Pro smartfonini namoyish qildi va 5 iyuldan 10 iyulgacha uni bor-yo‘g‘i 95 dollardan sotyapti. Mazkur gadjetning orqa paneli dizayni to‘lig‘icha kupertinoliklarning iPhone 12 Pro modelidan ko‘chirilgan. Qimmat smartfonlar bilan maqtanishni istovchi, ammo ularni cho‘ntagi ko‘tarmayotganlar uchun Oukitel C21 Pro eng zo‘r variantlardan biridir: g‘ilofga solinsa, uni Apple flagmanidan farqlab bo‘lmaydi.

Lekin old tomonidan qaraganda Oukitel C21 Pro umuman ayfonga o‘xshamaydi – uning 8 megapiksellik selfi-kamerasi ekranning yuqori chap burchagidagi tirqishga joylangan. INCELL tomonidan tayyorlangan displey o‘lchami 6,39 dyuymlik, tomonlari o‘zaro 19,5:9 nisbatda, aniqligi esa 720x1560 pikselga teng.

O‘QING: Android-smartfonning old kamerasiga virtual fotochaqnoq qo‘shamiz

Texnik xususiyatlariga kelsak, Oukitel C21 Pro sakkiz yadroli MT6762D platformasi bazasiga qurilgan. Uni tegishlicha 4/64 gigabaytlik tezkor/doimiy xotira bilan ta’minlashgan. Bundan tashqari, slotiga 256 gigabaytgacha hajmli MicroSD formatidagi xotira kartasi qo‘yish mumkin.

Oukitel C21 Pro akkumulyatori 4000 mA/soatlik bo‘lib, uning to‘la quvvati so‘zlashuv rejimida 10 soatga, kutish rejimida esa naq 360 soatga yetadi.

O‘QING: 200 dollarlik bu «o‘lmas» smartfonni bir oyda ikki martagina quvvatlash kifoya! (+video)

Smartfonning bosh kamerasida 21 megapiksellik Sony sensori, shuningdek 2 va 0,3 megapiksellik qo‘shimcha optik datchiklar qo‘llangan. Oukitel C21 Pro yuzni tanish orqali smartfonni blokdan chiqarish tizimiga hamda yon qirrasida daktiloskopga ega. Unda geolokatsiyani aniqlashning barcha zamonaviy tizimlari (GPS + GLONASS + Beidou + Galileo) mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Oukitel kompaniyasi yaqinda atigi 110 dollarga 8000 mAs batareyali, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon – OUKITEL F150 modelini ham chiqargan edi.

O‘QING: Android 10 Go tizimli «uchko‘z» smartfon atigi 60 dollardan sotila boshladi!