iPhone 12 smartfonlaridagi muammoni Apple tan oldi

  •   DiMaX
  •  1558
  •  05.12.2020 10:05

iPhone 12 smartfonlaridagi muammoni Apple tan oldi

Kupertinoliklarning o‘n ikkinchi avlod ayfonlari dunyo bo‘yicha yaxshi sotilyapti, ammo xaridorlarning hammasi ham ulardan mamnun emaslar. Bunga esa ayrim iPhone 12’lardagi muammolar sababchi va shulardan biri – simsiz quvvatlash texnologiyasi bilan bog‘liq.

O‘QING: iPhone 12’ning tannarxini hisoblashdi: Apple uni ikki baravardan oshiq narxda pullayapti!

Ushbu smartfonlarda simsiz zaryadlanish vaqti-vaqti bilan noto‘g‘ri ishlab, ba’zida esa umuman o‘chib qolayotir. Bu muammoni birinchilar qatori 9to5Mac resursi mualliflaridan biri payqab qolgan va forumlarni kuzatib, yolg‘iz emasligini payqagan.

Bu holatda qurilmani o‘chirib-yoqish kerak bo‘ladi, ammo bu bilan ham muammo butkul yo‘q bo‘lmaydi – bir necha kundan so‘ng yana takrorlana boshlaydi.

iPhone 12 foydalanuvchilaridan biri ushbu muammo yuzasidan Apple kompaniyasining mijozlarga ko‘mak ko‘rsatish xizmati xodimidan javob olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya bu muammodan xabardor va allaqachon uni hal etish ustida ishlamoqda.

O‘QING: DxOMark eng kuchli Samsung va Apple flagmanlarining selfi-jangini o‘tkazdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.