iPhone 12 taqdimoti baribir kechikadi – ishonchli insayder aniq sanalarini aytdi

  •   DiMaX
  •  964
  •  13.08.2020 13:18

iPhone 12 taqdimoti baribir kechikadi – ishonchli insayder aniq sanalarini aytdi

Taniqli tarmoq informatori Jon Prosser (Jon Prosser) yangi ayfonlarning sentyabrda emas, balki oktyabrda namoyish qilinishini aytgandi. Keyin esa buni kupertinolik korporatsiyaning o‘zi ham rasman tasdiqlagan edi.

O‘QING: iPhone 12: «jonli» suratlar Apple fanatlarining hafsalasini pir qildi!

Endi ayni shu insayderning yozishicha, kompaniya 7 sentyabr kuni Apple Watch hamda iPad’larning yangi modellarini chiqaradi. Ular uchun alohida taqdimot marosimi tashkil etilmasdan, shu sanada gadjetlar birdaniga Apple internet-magazinida paydo bo‘ladi.

iPhone 12 turkumini esa korporatsiya oktyabrda, ayfonlarning model raqamiga mos tarzda oyning 12-sanasida namoyish qiladi. Onlayn konferensiyada barcha yangi ayfonlar birga taqdim etilsa-da, ularning sotuvga chiqish sanalari turlichadir, deydi Prosser.

Nisbatan arzon, ekrani 5,4 dyuymlik iPhone 12 hamda 6,1 dyuymlik iPhone 12 Max bozorga 19 oktyabrda taqdim etiladi. Nisbatan qimmat bo‘lgan 6,1 dyuymlik iPhone 12 Pro va 6,7 dyuymlik iPhone 12 Pro Max esa noyabrdagina sotila boshlaydi va aniq sanasi hozircha ma’lum emas.

O‘QING: Barcha versiyalardagi iPhone 12’larning narxlari bilan bittada tanishamiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.