iPhone 12 tufayli Xiaomi va Samsung kompaniyalari Apple’ni masxara qildi (+video)

  •   DiMaX
  •  8766
  •  15.10.2020 11:00

iPhone 12 tufayli Xiaomi va Samsung kompaniyalari Apple’ni masxara qildi (+video)

14 oktyabrga o‘tar tunda Apple korporatsiyasi iPhone 12 mini, iPhone 12, iPhone 12 Pro hamda iPhone 12 Pro Max smartfonlarini namoyish qildi. Biz ularning asosiy xususiyatlari va o‘zaro farqlarini e’lon qilganmiz. Shuningdek...

O‘QING: Ikkita rusumdagi iPhone arzonlashib, yana ikkitasi savdodan olib tashlandi

Yangi ayfonlarning qadoq jamlanmasidan quvvatlagich va quloqchin olib tashlanganidan ham xabaringiz bor. Ularning namoyishidan so‘ng Xiaomi kompaniyasi ayni shuni masxara qildi.

Ya’ni, u ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan postda: «Xotirjam bo‘lavering, biz #Mi10TPro qutisidan hech nimani olib tashlamadik» yozuvi hamda smartfon qadog‘idagi zaryad adapterini ko‘rsatuvchi rolik aks etgan:

Ko‘rinib turibdiki, «Xitoycha Apple» bu yerda iPhone’lar qutisidagi jamlanma «g‘ariblashib» qolgani ustidan kulmoqda. Darvoqe, kupertinoliklar oldin to‘liq jamlanmada sotilib kelayotgan eski modellardagi ayfonlardan ham endi quloqchin va quvvatlagichni olib tashlab sotishadi.

O‘QING: Bu kompaniya eng kuchli flagmanlar reytingini ostin-ustun qilib yubordi! (AnTuTu, 2020 yil sentyabr)

Apple’ning asosiy raqobatchisi – Samsung esa uni masxaralash uchun 5G standarti o‘z qurilmalarida avvaldan mavjudligiga urg‘u bergan. Uning posti quyidagicha mazmunga ega: «Ayrimlar tezlik bilan endigina salomlashmoqda, biz esa u bilan anchadan beri inoqmiz. O‘zingiz uchun Galaxy 5G devaysingizni hoziroq oling».

Bu yerda yangi ayfonlar targ‘ibotida qo‘llanayotgan «‎Hi, Speed» («Salom, tezlik!») slogani kulgi ostiga olingani shundoqqina ko‘rinib turibdi.

O‘QING: Nihoyat, Samsung eng arzon 5G-smartfonining barcha jihatlarini oshkor etdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!