iPhone 12 va boshqa barcha Apple gadjetlarining taqdimot sanalari fosh bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  1456
  •  25.07.2020 12:58

iPhone 12 va boshqa barcha Apple gadjetlarining taqdimot sanalari fosh bo‘ldi!

Garchi koronavirus pandemiyasi tufayli Xitoydagi ishlab chiqarish tizimlarida uzilishlar bo‘layotgani aytilgan esa-da, Apple baribir yangi smartfonlarini sentyabrgacha tayyorlab ulguryapti ekan. iHacktu Pro nikli insayder kupertinolik korporatsiyaning bu yil kuzga mo‘ljallagan ikkita taqdimotining sanasini e’lon qildi.

O‘QING: Insayder quloqchinsiz va quvvatlagichsiz iPhone 12 qadog‘ini videoda ko‘rsatdi

Tarmoq informatorining Twitter orqali yozishicha, Apple’ning kuzdagi bosh tadbiri 8 sentyabrga belgilangan. Ayni shu kuni to‘rtta modeldagi smartfonni o‘z ichiga oluvchi iPhone 12 turkumi namoyish qilinadi.

Ayni shu marosimning o‘zida yana yangi avlod Apple Watch smart-soati, hamyonbop iPad hamda AirPower simsiz quvvatlash uskunasi ham taqdim etilishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, korporatsiya AirPower simsiz zaryadlash stansiyasini ilk bor 2017 yili e’lon qilgan, keyinroq avstraliyaliklar uni «sotib qo‘yishgan» edi. Ammo oxir-oqibatda korporatsiya mazkur mahsulotini chiqarmasligini rasman ma’lum qilgandi. Shunday bo‘lsa-da, bahorda Apple uni devaysini «qabrdan qaytarayotgani» ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: 2019 yili «rahmatli» bo‘lgan sakkizta texnologiya (+video)

Kupertinoliklarning kuzdagi ikkinchi tadbiri esa 27 oktyabrda bo‘lib o‘tadi, deb yozadi iHacktu Pro. Ushbu marosim asosan kompyuterlarga bag‘ishlangan – Apple unda o‘zining ARM-protsessorlari asosida tayyorlangan ilk MacBook’larini ko‘rsatadi.

Shuningdek, oktyabrdagi namoyishda yangi avlod iPad Pro planshetlari ham taqdim etiladi. Ayrim kuzatuvchilarning taxminlaricha, ular ham kupertinolikning o‘sha o‘z ARM-chipsetlari bazasida ishlaydigan bo‘lishi mumkin.

Insayderning taxminicha, Apple Glasses (yoki Apple Glass) nomli to‘ldirilgan borliq hamda aralash reallik texnologiyalariga ega ko‘zoynak ham shu 27 oktyabrda keng jamoatchilikka rasman ko‘rsatilishi mumkin.

Yuqoridagi barcha devayslarning taqdimot kunlari (norasimy tarzda) ma’lum bo‘lsa-da, ularning sotuvga chiqish vaqtlari borasida hozircha biror xabar yo‘q.

O‘QING: iPhone ishlatasizmi? Unda Apple sizga kompensatsiya to‘laydi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!