iPhone 12 xaridorlarini Apple qanday aldayapti? (+video)

  •   DiMaX
  •  2295
  •  19.10.2020 12:43

iPhone 12 xaridorlarini Apple qanday aldayapti? (+video)

Apple kompaniyasi ushbu haftada bozorga chiqariladigan iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro smartfonlarining keng miqyosdagi reklama kampaniyasini boshlab yubordi. Butun dunyo bo‘ylab mazkur ayfonlar sotiladigan mmlakatlarda tegishli bilbordlar ilingan, televideniye va internetda roliklar namoyish qilinmoqda.

O‘QING: iPhone 12’lar qayerda eng arzonu qayerda eng qimmat?

Lekin Apple ushbu qurilmalarning reklama roliklarida yolg‘on ishlatishdan ham toymayapti. Jumladan, iPhone 12 va 12 Pro modellarini u tarixdagi eng qudratli ayfonlar, deyapti.

Quyidagi reklama videolavhasida shuni obrazli tarzda ifodalashgan: foydalanuvchi smartfonni qo‘liga olib, blokdan chiqarishi bilan uning quvvati to‘lqin tarzida butun atrofga tarqaladi:

iPhone 12 turkumi kupertinoliklarning smartfonlari orasida 5G tarmog‘ini qo‘llovchi birinchi modellar ekanligi to‘g‘ri. Biroq ularda qo‘llanayotgan Apple A14 Bionic protsessorining quvvati Apple maqtaganidek darajada emas. Yaqindagina iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro smartfonlarining AnTuTu benchmarkidagi ilk testlari natijalari hafsalani qilgan edi: ular tegishlicha 564 899 va 572 133 ballik natija ko‘rsatgan. Holbuki, Android tizimli flagmanlarning sentyabr reytingida ENG OXIRGI O‘RINDAGI smartfon ham bulardan ancha yuqori – 602 584 ballik natija qayd etgan!

Lekin ayni shu o‘n ikkinchi avlod ayfonlaridagi protsessor ulardan avval bu yilgi iPad Air 4 planshetida qo‘llangan edi. Buni qarangki, uning AnTuTu’dagi tekshiruv natijasi ancha baland. Shundan xulosa qiladigan bo‘lsak, bitta xulosa kelib chiqyapti: A14 Bionic chipsetining tezkorligi iPhone 12 turkumidagi smartfonlarda ataylab pasaytirilgan. Apple uchun bu qiliq yangilik emas, lekin avvallari u yangi smartfonlari sotilishi uchun eskirgan modellarning ishlashini maxsus sekinlashtirar edi.

O‘QING: Xiaomi va Samsung’dan keyin OnePlus ham Apple’ni kalaka qilyapti

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!