iPhone 12’lar bilan birga iPhone SE Plus, keyin esa – iPhone SE 3 ham chiqadi!

  •   DiMaX
  •  921
  •  02.07.2020 11:53

iPhone 12’lar bilan birga iPhone SE Plus, keyin esa – iPhone SE 3 ham chiqadi!

Kupertinolik gigantning iPhone SE 2020 (yoki iPhone SE 2) modeli xaridorlar tomonidan yaxshi kutib olindi. Shu bilan birga, uning «Plus»li versiyasi haqida avval tarqalgan mish-mishlar taqdimotdan so‘ng tinchib ketgan edi.

O‘QING: 2020 yilda Apple bunchalik ko‘p modellarda yangi iPhone’lar chiqarishini hech kim kutmagandi!

Endi esa yapon manbalari ushbu smartfonning ayrim xususiyatlari haqida yoza boshladi. Ularga ko‘ra, mazkur modelni iPhone SE Plus yoki iPhone SE 2 Plus deb atashadi.

2020 yilgi iPhone SE modeli diagonaliga 4,7 dyuymlik ekranli va iPhone 8 smartfoniga o‘xshash bo‘lsa, uning «plyusli» avlodi biroz kattaytirilgan – 5,5 dyuymlik displeyga ega. Aniqroq qilib aytganda, bu smartfon iPhone 8 Plus qurilmasining «egizagi» bo‘ladi.

iPhone SE Plus ekranining romlari ham shunaqa qalin bo‘ladimi-yo‘qmi – bunisi hozircha noma’lum. Lekin uning barmoq izi skanerini korpusning yon qirrasiga ko‘chirishadi. Mazkur smartfonning «elektron yuragi» tarzida Apple A13 protsessori qo‘llanadi va u 5G standartini qo‘llab-quvvatlamaydi.

Apple mazkur smartfonini shu yilning kuzida – iPhone 12 turkumi bilan birga taqdim etishi mumkin. Biroq avvalroq taniqli tahlilchi Ming-Chi Kuo (Ming-Chi Kuo) bu modelni bu yil kutmaslik kerakligini aytgan.

Bundan tashqari, yapon manbalariga ko‘ra, kupertinolik korporatsiya yana bitta – iPhone SE 3 modeli ustida ham ishlamoqda. Xabarlarga qaraganda, uni ham Apple A13 protsessori bilan ta’minlashadi, faqat bu ayfon 5G tarmog‘ini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Mazkur qurilma 2021 yilda rasman namoyish etilishi kutilmoqda.

O‘QING: Apple’cha xasislik: iPhone qutisidan u nafaqat quloqchin, balki eng kerakli yana bir aksessuarni ham olib tashlayapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!