iPhone 12’lar geymerlarga yoqmaydi: o‘yin, internet va video uchun eng zo‘r smartfonlar (uchta reyting)

  •   DiMaX
  •  3100
  •  02.11.2020 12:08

iPhone 12’lar geymerlarga yoqmaydi: o‘yin, internet va video uchun eng zo‘r smartfonlar (uchta reyting)

Yaqinda avtonomlik testida iPhone 12 hamda 12 Pro nafaqat Android-smartfonlarga, balki hatto bulturgi ayfonlarga ham mag‘lub bo‘lgan edi. Keyinroq esa biz ushbu yangi ayfonlar avtonomligini Apple’ning bundan oldingi beshta smartfoni bilan taqqoslab ko‘rsatilgan «jonli» videoni ham chiqarganmiz.

O‘QING: Quvvati eng uzoq vaqtga yetuvchi 15 smartfon bilan tanishing

iPhone 12 hamda iPhone 12 Pro smartfonlarining akkumulyatorlari bulturgi iPhone 11 va uning Pro-versiyasi batareyasiga ko‘ra kamroq – atigi 2815 mA/soatlik ekanligi aniqlangan. Garchi ishlab chiqaruvchining o‘zi yangi ayfonlar avtonomligiga ko‘ra bulturgilaridan qolishmasligini ta’kidlayotgan bo‘lsa-da, testlar buning aksini ko‘rsatmoqda.

Ayniqsa, o‘yinlar uchun ishlatganda o‘n ikkinchi avlod ayfonlarning quvvati tez tugab qolmoqda. PhoneArena ekspertlari ta’kidlashicha, Call of Duty: Mobile yoki Minecraft kabi o‘yinlarda iPhone 12 va iPhone 12 Pro quvvati bir xilda – 3 soatu 1 daqiqada tugab qolgan. Taqqoslash uchun: iPhone 11 bunda 7 soatu 37 daqiqaga, iPhone 11 Pro esa 6 soatu 38 daqiqaga bardosh bergan. O‘yinlar borasida hattoki iPhone SE (2020) ham yangi ayfonlardan ko‘ra chidamliroq ekan – uning akkumulyatori 4 soatu 59 daqiqalik geyming jarayoniga yetgan!

Android tizimli flagmanlarga keladigan bo‘lsak, o‘yinlar jarayonidagi avtonomlik borasida ular yangi ayfonlardan ancha yuqori; masalan, reyting lideri – Xiaomi Mi 10 Pro batareyasi naq 10 soat o‘ynashga yetarli ekan.

O‘QING: Xiaomi flagmanlarida yashirin bir funksiya bor...

PhoneArena nashri ommabop flagmanlarni geyming jarayonidan tashqari, yana internet-syorfing hamda video tomosha qilish jarayonidagi avtonomligi bo‘yicha ham testdan o‘tkazib ko‘rgan. iPhone 12 va 12 Pro bu tekshiruvlarda o‘yindagidan ko‘ra yaxshiroq natijalar ko‘rsatgan:

Lekin har uchala testda ham reyting yetakchisi aynan bitta flagman – Xiaomi Mi 10 Pro bo‘lib chiqqaniga nima deysiz?

O‘QING: Bu kompaniya eng kuchli flagmanlar reytingini ostin-ustun qilib yubordi! (AnTuTu, 2020 yil sentyabr)

Video ijro etish davomidagi avtonomligi borasida ham o‘n ikkinchi avlod ayfonlar chakki emas:

Demak, agarda mobil o‘yinlarga qiziqadigan bo‘lsangiz, iPhone 12 yoki 12 Pro olmaganingiz ma’qul ekan. Shuningdek, aynan o‘yinlar uchun yangi ayfonlardan olishni rejalashtirayotgan do‘stlaringizga ham bu ma’lumotlarni yetkazib qo‘ysangiz bo‘ladi.

O‘QING: Turli davlatlarda iPhone 12 Pro sotib olish uchun qancha vaqt ishlash kerak?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!